Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlarda talabalar muayyan masala bo’yicha mavjud bo’lgan yoki mustaqil tarzda kichik ishchi guruhlari yordamida xosil kilingan amaliy ishlarni muhokama qiladilar. Mazkur mavzularga masofali ta’lim, masofali o’qitish va uning ta’lim tizimida tutgan o’rni bilan tanishadilar.
Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Axborot texnologiyalari va ularning turlari.Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.Axborot texnologiyalarining ta’minoti.Zamonaviy axborot texnologiya vositalari.
2. Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari. Sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari.
3. Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar. Ekspert sistemalari haqida ma’lumotlar.Multimedia texnologiyalari.
4. Tarmoq texnologiyalari.Internet texnologiyasi va uning xizmatlari. Distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi.
5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari - tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual modeli. Boshqaruv jarayoni ko‘rinishiga ko‘ra qo‘llanish sohalari bo‘yicha avtomatlashtirish yo‘llari. Integrasiyalashuviga ko‘ra axborot tizimining sinflari.
6. Ta’limda axborot va kommunikasiya texnologiyalari. Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari.
7. Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning didaktik asoslari.O‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ularni sifatini baholash.
8. Kasbiy ta’limning informasion-texnik asoslari: zamonaviy informasion ta’lim texnologiyalari (Media) yordamida o‘qitish va o‘qish.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar Laboratoriya ishlari talabalarning kompyuterda axborot tizimlari va texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan bevosita tanishadilar.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
- axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash, ma’lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli; axborotli modelni yaratish bosqichlari;
- zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashishi;
- matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash;
- grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash;
- sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash;
- ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar;
- multimedia texnologiyalari bilan ishlash;
- Internet texnologiyasi va uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi bilan ishlash;
-avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari binlan tanishuv;
- avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;
- axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan tanishuv;
- axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning didaktik asoslari;
- o‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish;
- microsoft Office vositalari yordamida EO‘Kni yaratish;
- Internet resurslar va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish.