4
Boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi: Matematika
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
1. O‘QUV DASTURI UMUMIY TALABLARI
Dastur nomi
Matematika
Ajratilgan soat
220
Mavzular soni
16
Dasturni maqsadi
O‘quvchilarda matematika fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni
hosil qilish.
O‘zlashtirish natijalari
1. O‘quvchilarda matematika fani haqida umumiy tushunchalarni
hosil qilish.
2. O‘quvchilarda matematik modellashtirish ko‘nikmalarini hosil
qilish.
3. Matematika fanining inson hayotidagi va texnikadagi o‘rni
haqida xulosa chiqarish.
Bilimlar
To‘plam tushunchasi, to‘plamlar ustida amallar;
Mulohazalar. Inkor, kon’yuksiya va dizyunksiya.
Mantiqiy tengkuchlilik; mantiqiy qonunlar.
Sodda foizlar, murakkab foizlar.
Turli tenglama va tengsizliklar.
Munosabatlar va akslantirishlar; funksiya.
Elementar funksiyalar monotonligi, eng katta va eng kichik
qiymatlari haqida tushuncha.
Chiziqli va kvadratik modellar.
y = sinx, y = cosx funksiyalari va ular yordamida model-lashtirish.
Eng sodda trigonometrik tenglamalar.
Eng sodda trigonometrik tengsizliklar.
Grafiklarni almashtirish.
Parametrik ko‘rinishda berilgan sodda funksiyalar grafiklari.
Ko‘rsatkichli funksiya va uning grafigi.
Bevosita yechiladigan ko‘rsatkichli tenglamalar va tengsizliklar.
Logarifm haqida tushuncha. Logarifmik funksiya. Eng sodda
logarifmik tenglama va tengsizliklar.
Kompleks sonlar va ular ustida amallar.
Planimetriyaning mantiqiy tuzilishi; geometrik masalalar va ularni
yechish metodlari; amaliy mashq va tatbiqlar.
Fazoviy geometrik shakllar; ko‘pyoqlar; prizma, piramida va
ularning elementlari; aylanish jismlari: silindr, konus va shar; amaliy
mashq va tatbiqlar.
Fazoda to‘g‘ri chiziqlar va tekisliklar
O‘zgaruvchi miqdorlar orttirmalarining nisbati va uning ma’nosi;
urinma ta’rifi; funksiya orttirmasi.
Hosila, uning geometrik va fizik ma’nosi.
Ikkinchi tartibli hosila va uning tatbiqlari.
Hosila yordamida funksiyani tekshirish va grafiklarni yasash.
Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral tushunchalari.
Integrallar jadvali; eng sodda integrallash qoidalari.
|