Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo‘shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan.
Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan.
Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan.
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubrodir (1154-1226). Xevada tug‘ilgan, yozgan asarlari orasida «Sharhus-sunna val-masolih", «Usuli ashara», «Favoihul-jamol» kabilar mashhurdir.
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.
Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan.
Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo‘ldi.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir (1166 yilda vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga erishgan.
Qadimgi Xitoy falsafasi.Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat
o‘ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o‘rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo‘jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo‘liga o‘tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo‘lishini o‘ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bi- limlar rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafıy g‘oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hik- matlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezonlar aks etgan.
Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda mil- liy g‘oyalar majmuyi, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o‘zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi
— taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukm- dori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi.
Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko‘ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgi- laydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binoba- rin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib — insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyat- laridan biridir.
Konfutsiyning ta’kid1ashicha, shaxs faqat o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o‘rni nihoyatda ulug‘, u o‘ziga ra o ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rmasligi, o‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshqalariga ham ra o ko‘rishi lozim. Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g‘oyalari takomilida muhim o‘rin tutgan.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao- Szidir (VI—V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va in- son hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etu chi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, yer na yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, hara- katsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ik- kinchi holatga o‘tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni In na Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab tur- gan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbayidir .
In va Yan o‘rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayo- nida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan ta- biat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao- Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.
Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan ehtiyotkor mu- nosabatda bo‘lish, Ona zamin va Vatanni asrab-avaylash, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — qadimgi xalqlarga xos bo‘lgan falsafaning bosh g‘oyalaridir. O‘sha, hamma narsa oddiy tushunilgan qadim zamonlardayoq buyuk aql egalari odamlarni tabiatni asrashga, insonni qadrlashga chaqirgani bejiz emas.
Afsuski, odamzod nasii o‘zi yaratgan buyuk daxolarning barcha o‘gitariga hamma vaqt ham quloq solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfıyotlar qilingan, ammo ulardan o‘z vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga ko‘hna tarix guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslık to‘g‘risidagi da’vati eskirgani yo‘q. Yillar, asrlar o‘tishi ularning qadrini tushirmaydi