3. YAKUNIY NAZORAT – semestr yakunida “Falsafa” fani bo‘yicha nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash
usuli xisoblanadi. YAkuniy nazorat “Falsafa” fanidan tayanch tushuncha va iboralarga
asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan “Falsafa” fanidan oraliq nazoratni o‘tkazish
jarayoni kafedra yig‘ilishlarida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish
tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq
nazorat qayta o‘tkaziladi.
Baholash mezonlari Seminar mashg‘ulotlarida har ikki juftlik darsiga ajratilgan baho maksimal “5”
bilan baholanadi.
Joriy nazoratning mustaqil ishi uchun ajratilgan baho talabaning mustaqil ish
mavzularini yozma tayyorlab kelgan referati asosida baholanadi.
Baholash quyidagi na’munaviy mezonlarga asoslanadi:
5 – (a’lo) baho: Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlash olish.
Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarni amalda qo‘llash olish.
Mohiyatini tushunish. Bilish, aytib berish.Tasavvurga ega bo‘lish.
4 – (yaxshi) baho: Mustaqil mushohada yurita olish.Olgan bilimlarni amalda qo‘llash olish.
Mohiyatini tushunish.Bilish, aytib berish.Tasavvurga ega bo‘lish.
3 – (qoniqarli) baho: Mohiyatini tushunish.Bilish, aytib berish.Tasavvurga ega bo‘lish.
2 – (qoniqarsiz) baho: Dasturni o‘zlashtirmaganlik.Fanning mohiyatini bilmaslik.
Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik.Mustaqil fikrlay olmaslik.
Mavzuni konspektlashtira olmaganlik.
Oraliq baholash yozma tartibda o‘tkazilib, unda 3 ta savolga javob berish
so‘raladi. Jumladan shulardan 2 tasi ma’ruzada o‘tilgan mavzular va 1 tasi mustaqil ish
mavzulari asosida yoziladi. Har bir savolga 5 baho ajratiladi. Bunda savol uchun:
Agar savollar mohiyati to‘la ochilgan bo‘lsa – 5 baho.
Savollarga umumiy javob berilgan, ammo ayrim faktlar to‘liq yoritilmagan bo‘lsa –
4 baho.
Savollarga javob yozishga harakat qilingan, chalkashishlar bo‘lsa –3 baho.
Savollarga umuman javob yozilmagan yoki savollarda chalkashishlar bo‘lsa – 2
baho.
11
Oraliq nazoratdagi mustaqil ishi uchun ajratilgan baho talabaning oraliq nazorat
3-savoliga yozgan tushunchalari asosida baholanadi.