Jazo (huquqda) — huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qoʻllanadigan maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bogʻliq boʻlgan majburlov chorasi. J. huquqiy tartibot sifatida davlat va huquq, shuningdek, bunday huquqni qoʻllash vakolati boʻlgan maxsus organlar vujudga kelgan paytdan boshlab paydo boʻlgan. J. ijtimoiy adolatni tiklash, jinoyat sodir etgan shaxsni axloqan tuzatish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat davom etishiga toʻsqinlik qilish, yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, J.lar intizomiy, maʼmuriy va jinoiy boʻlishi mumkin. Ana shu J.lardan qaysi biri qoʻllanilmasin, huquq buzishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qonun va normativ hujjatlarda belgilangan tartibda maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy harakterdagi cheklash qoʻllaniladi. Shu bilan birga huquq buzish sodir etishda foydalanilgan qurol, vosita, huquq buzish orqali qoʻlga kiritilgan narsalar musodara qilinishi mumkin. Intizomiy J. — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har qanday yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan korxona, muassasa, tashkilotda belgilangan ichki mehnat intizominn buzgan shaxsga nisbatan ish beruvchilar tomonidan qoʻllanadigan majburlov chorasi boʻlib, xayfsan berish, jarima solish, mehnat shartnomasini bekor qilish (ishdan boʻshatish) tarzida boʻlishi mumkin. Intizomiy J. shaxslarni ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan, maʼmuriy jazo — maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudyasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoshidagi maʼmuriy komissiyalar, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari, ichki ishlar (militsiya) organlarining , davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, maʼmuriy J. qoʻllash vakolati berilgan boshqa organlarning mansabdor shaxslari tomonidan, jinoiy jazo esa — davlat nomidan sud hukmi bilan beriladi
Aksiz solig’i nma
Aksiz (fransuzcha: accise — qirqib olmoq) — keng isteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim isteʼmol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan maʼlum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.