Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqaro standartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob’ektlari hisoblanadi.
Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf olinishi kutiladigan resurslardir. Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi. Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning aktivlardagi bo’lgan ulushi. Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir. Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Foyda faoliyat natijalarini o’lchashda yoki boshqa ko’rsatkichlarni, ya’ni investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda kabilarni asosi sifatida foydalanadi. Foydani o’lchash bilan bevosita bog’liq elementlar – bu daromadlar va xarajatlardir. Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta’sischilar tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko’payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir2. 2