4. Integralni taqribiy hisoblash va uning tadbiqlari haqida. Integral tushunchasi
matematik analizning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib matematika, fizika,
mexanika va boshqa fanlarning eng kuchli quroli hisoblanadi. Egri chiziqlar
bilan chegaralangan yuzlarni, egri chiziq yoylari va uzunliklarini, hajmlarni,
ishlarni, tezliklarni, yo’llarni, inersiya momentlarini va hokazolarni hisoblashga
ishlarining hammasi integral hisoblashga keltiriladi. Hozirgi kunda
kompyuter
va axborot texnologiyalari taraqqiyotida katta yutuqlarga erishilmoqda.
Hisoblash usullarini kompyuterlarda tadbiq qilish rivojlanmoqda. Hozirgi
axborot texnologiyalari asri davrida ta’lim samaradorligini oshirish uchun yangi
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib amaliy
mashg`ulotlarini olib borish talab darajasiga ko`tarilgan. Oliy o’quv yurti
ta’limi dasturida keltirilgan mavzular bo`yicha axborotlashtiriladigan barcha
masala va misollarni turli xildagi dasturlar orqali yechimini hosil qilish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: