Fan: Ona tili Mavzu


quv jarayoniniamalgaoshirish texnologiyasi



Yüklə 21,62 Kb.
səhifə2/2
tarix01.05.2023
ölçüsü21,62 Kb.
#105585
1   2
Kelishik shakllari dars ishlanma

quv jarayoniniamalgaoshirish texnologiyasi.

Metod: “O‘rnini top” metodi, “Kim birinchi”metodi, “Kim chaqqon?” metodi, “Maqollar zanjiri” usuli
Forma:Kichikguruhlardaishlash, yakkatartibdaishlash.
Vosita: Taqratmamaterallar, tayanchtushunchalarro‘yxati, qalam (yokiruchka) slayd.
Usul: Yozmamateriallar;
Nazorat: Og‘zakinazorat, yozmajavoblar.
Baxolash: Rag‘batlantirish, 5 ballitizimasosida.




Darsning blok-sxemasi

t\r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Dunyo yangiliklari

2 daqiqa

3

Didaktik o‘yinlar haqida ma’lumot

2 daqiqa

4

Asosiy qism

2 daqiqa

5

Yangi mavzu bayoni

31 daqiqa

6

Baholash mezoni

2 daqiqa

7

Uyga vazifa

3 daqiqa

Dars shiori: Bilim, o‘qish istagi,
Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning,
Dars muqaddasdir.
Kun hikmati:Vatan qadrini bilmagan
o‘z qadrini bilmas.
Darsning borishi:
Dastlab o‘quvchilar uchta guruhga bo‘linadi:
1 guruh: Morfologiya
2 guruh: Sintaksis
3 guruh:Punktuatsiya
O‘tilgan darsni takrori va uyga vazifani nazorat kilish:
O‘tilgan mavzu “Egalik qo‘shimchali so‘zlarning imlosi”mavzusi bo‘lib, uyga vazifa 114-mashq asosida yozib kelingan gaplar nazorat qilib chiqiladi vaslaydorqalinamunalar ko‘rsatiladi.
1.Bizning mashinamizning g‘ildiragi eski bulib qolibdi.
2.O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq.
3.Hoshimjonning dadasi pirpiragi bor uyinchoq sovg‘a qildi.
4.Qarovsiz qolgan bog‘dagi daraxtlarning butog‘i chirib qolgan ekan.
Har bir shartdan keyin guruhlar baholanib boriladi.
O‘tilgan mavzu savollar yozilgan tarqatmalar yordamida takrorlab olinadi.
Yangi mavzu bayoni:
O‘quvchilarga yangi mavzu slayd ma’lumotlari yordamida tushuntiriladi.
Kim?Ona
Nimaning? Kitobning
Qayerga?Maktabga
Kelishik shakllarihaqida ma’lumot berilgach, navbatdagi slayd orqalikelishik nomlari va uning qo‘shimchalari ko‘rsatib beriladi.
1-topshiriq asosida “O‘rnini top “ foydalanadi.
Har o‘g‘loni bul Vatannning sultonlarga teng bulsin.
115-mashq«Maqollar zanjiri » metodiasosida bajariladi. Harbir guruh mashqda berilgan jadval asosida kelishik nomlariga doir gap tuzadilar.
1.Bosh kelishik: Vatan gadosi- kafan gadosi.
2.Qaratqich kelishigi: Birovning yurtida bek bo‘lguncha,
O‘zingning yurtingda it bo‘l.
3.Tushum kelishigi: Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmaydi
4.Jo‘nalish kelishigi: Vatanga falokat- o‘zingga halokat
5.O‘rin-payt kelishigi: Fil tushida Hindistonni kO‘rar
6.Chiqish kelishigi: Yordan aytilsang ham , eldan ayrilma.
“Maqollar zanjiri”usuli o‘tkazilib, unda har bir uch guruhga kengashgan holda maqollar tarkibidagi so‘zlarning kelishik shakllarini aniqlaydilar. Bunda guruhlarga 2 minut vaqt beriladi va javoblari xulosalanib, qoida hosil qilinadi. Faol guruhga rag‘bat berib boriladi.
116-mashq.”Kim chaqqon?” metodi asosida o‘tkazilib, unda ismlarning turlanishini aniqlanib, gaplar tahlil qilininib, har bir guruh uchtadan misol yozishi kerak. Qaysi guruh birinchi bo‘lib bajarsa, g‘olib hisoblanadi.
Namuna:
1.Hikmatni anglamoqning o‘zi bir hikmat.
2.Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham o‘rganmoq kerak.
“Topib o‘qi” metodi o‘tkazilib, unda o‘quvchilar 117- mashqnibajarish topshiriladi.Mashq bajarish jarayonida o‘quvchilar ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning tobe so‘z qaysi kelishikda ekanligini aniqlaydilar. O‘quvchilarning chaqqonlik bilan, chiroyli yozuvda bajarganliklari nazorat qilib boriladi. Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa beriladi.
Barmog‘idan noxunni : barmog‘idan- chiqish kelishigida, noxunni- tushum kelishigida
Izoh: Noxun- uzuk
118-mashqdagi gaplar har bir guruhga bo‘lib beriladi. “Sintaksis” guruhiga 1,2,-gaplar, “Morfologiya” guruhiga 3, 4,-gaplar, “Punktuatsiya” guruhiga 5,6-gaplar. Gaplarni yozish va sinf doskasida ko‘rsatib berish topshiriladi.
Barcha guruhlarning ishlari slayd yordamida tekshiriladi.
119- mashq bajarish jarayonida “Kim birinchi “ usulidan foydalaniladi. Unda o‘quvchilar mashqda berilgan so‘zlarni kelishik qo‘shimchalarida turlab, ular ishtirokida gaplar tuzadilar.Har bir guruhga 2 tadan kelishik shakllari bo‘lib beriladi.
1- guruh : Boshva qaratqich kelishigi
2- guruh: Tushum va jo‘nalish kelishigi
3- guruh: O‘rin-payt va chiqish kelishigi
Mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu“Zig-zag” metodi yordamida mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning joylashish o‘rinlariga qarab zig-zag ko‘rinishida kelishik shakllari ishtirok etgan gap vaqaysi so‘z turkumi bilan ifodalangani aytiladi. Bexato va chiroyli gap tuzgan guruh o‘quvchilari rag‘batlantirib boriladi. O‘quvchilarga gap tuzish jarayonida gapning mazmuni shukronalik, vatanparvarlik, ona, do‘stlik haqida bo‘lishiga e’tibor berishlari alohida ta’kidlanadi.
Dars so‘ngida guruhlarning baholari hisoblanib, g‘olib guruh aniqlanadi. Faol qatnashgan o‘quvchilarga “Yeng faol o‘quvchi”, “Yeng chiroyli husnixat egasi”, “Yeng chaqqon o‘quvchi”, “Yeng chiroyli gap egasi”, “Yeng tartibli o‘quvchi”, “Yeng bilimdon o‘quvchi” kabi nominatsiyalar beriladi.
Uyga vazifa berish.
119-mashq uyga vazifa sifatida beriladi va bajarish tartibi haqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi.
Yüklə 21,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin