Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang’ich
ta’lim fakulteti 813-23-guruh talabasi
Mamarajabova Farzonaning Mutahasislikka
kirish fanidan taqdimoti.
Fan o’qituvchisi : Kenjayeva Sanobar Ibragimovna.
Mavzu: Metod tushunchasi. Uning turlari va tasifi. O’quvchilar
bilimni o’zlashtirish samaradorligini aniqlash.
Reja:
●
Metod tushunchasiga ta’rif.
●
Metod turlari.
●
Metodlarning o’qish jarayonidagi ahamiyati.
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya,
taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish,
oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy
bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
M.ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib
taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egallagan kishi shu ishni
boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni
egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va
kuch sarflaydi. M. oʻz mazmuni jihatidan amaliy yoki nazariy
shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid
M.lar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish,
bilib olishga borib taqaladi. M.lar haqidagi taʼlimot fanda
metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va
hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish,
farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan.
Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda
qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, M.lar ham takomillashib borgan.
Fanning amaliy (empirik) va nazariy M.lari vujudga keldi.
Fan M.larining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya
mohiyati jihatidan M. funksiyasiga egadir. M., oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga
vosita boʻladi. Shu nuqtai nazardan M. bilan ilmiy nazariya funk-siyasiga koʻra, bir-biridan farq qiluvchi ilmiy amal
hisoblanadi.
Falsafa va fanlar tarixida ilmiy M.ning mohiyatini tadqiq etish, yangi-yangi M.larni kashf etish alohida ahamiyatga
egadir. Har qanday bukj ilmiy kashfiyotlarga nisbatan olimning biror yangilikni kashf qilishda qoʻllagan ilmiy M.i
koʻproq ahamiyatga egadir, chunki boshqa kashfiyotchilar ham shu olim qoʻllagan ilmiy M.ga tayanib koʻplab
kashfiyotlarni ochishi mumkin.
Bilish M.lari voqelikni qamrab olishi jihatidan 3 turga boʻlinadi: yalpi umumiy bilish M.lari — hamma fanlarda va
bilishning barcha bosqichlarida ham koʻllaniladigan umumiy va universal M.lar — metodologiya; umumiy bilish M.lari
— bir qancha yoki barcha fanlarda qoʻllaniladigan va bilishning muayyan bosqichi (empirik, nazariy yoki empirik
bosqichdan nazariy bosqichga oʻtish chegarasi)da qoʻllaniladigan bilish M.lari; xususiy yoki maxsus M.lar — ayrim fan
doirasida qoʻllaniladigan bilish M.lari.
Oʻrta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa fan M.larini rivojlantirganlar. Xorazmiy
olimlarni uchga boʻlib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qullaniladigan yoʻl-yoʻriq va usullarni ishlab
chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yozganida, aynan shu M.larni ishlab chikuvchi
olimlarni nazarda tutgan.
Yaqin davr Yevropa faylasuf olimlari ham M. taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart,
G. Leybnits singari faylasuflar M.lar haqida maxsus asarlar ham yozishdi.
Hozirgi zamon fanlarida
koʻplab umumiy, xususiy ilmiy
M.lar qoʻllaniladi. Ayniqsa,
keyingi asrda modellashtirish
va matematik M.larning yangi
shakllari rivojlandi, kibernetik
modellashtirish va kompyuter
modellashtirish M.lari
jamiyatning qariyb barcha
sohalarida keng miqyosda
qoʻllanilmoqda. Zamonaviy
ilmiy M.lar tadqiqotchilarga
dunyo sir-asrorlarini ochishda
yordam bermoqda.
O`qitish metodi tushunchasi
didaktika va metodikaning asosiy
tushunchalaridan biri.
Didaktika va metodikaga oid
adabiyotlarning ko`pchiligida
o`qitish metodlari o`qituvchi va
o`quvchilarning birgalikdagi
faoliyatlari usullari bo`lib, bu
faoliyat yordamida yangi bilimlar,
malakalar va ko`nikmalarga
erishiladi, o`quvchilarning
dunyoqarashlari shakllanadi,
qobiliyatlari rivojlanadi deb
tavsiflanadi.
Demak, o`qitish metodlari o`zlashtirish,
tarbiyalash va rivojlantirish funktsiyalarini
bajaradi. Myetod aniqlab olingandan keyin odatda
konkret o`qitish metodlari ro`yxati beriladi. Ammo,
hozirgi paytda yangi metodlar soni adabiyotlarda
100 dan ortiq nomda keltiriladi. Ma'lum o`qitish
metodlaridan ta'limning yangi mazmuniga, yangi
vazifalariga mos keladiganlarini ongli tanlab olish
uchun o`qitish metodlari klassifikatsiyasini
o`rganib chiqish zarur.
O`qitish metodlari 3 ta katta guruhga bo`linadi.
1. O`quv – bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari;
2. O`quv – bilish faoliyatini rag`barlantirish
metodlari;
3. O`quv – bilish faoliyatining samaradorini
nazorat qilish metodlari;
Endi bu metodlar guruhini alohida qaraymiz.
I. O`quv – bilish faoliyatlarini tashkil qilish metodlarini bir
necha kichik guruhlarga bo`lib klassifikatsiyalash mumkin.
1. O`quvchilar bilim oladigan manba bo`yicha:
a) og`zaki, b) ko`rsatmali, v) amaliy metodlar
2. O`quvchilar fikrining yo`nalishi bo`yicha:
a) induktsiya, b) deduktsiya, v) analogiya.
3. Pyedagogik ta'sir, boshqarish darajasi, mustaqillik darajasi
bo`yicha:
a) o`qituvchi boshchiligidagi o`quv ishlari.
b) o`quvchilarning mustaqil ishlari.
4. O`quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasi bo`yicha:
a) izohli – illyustrativ metod; reprbouktik metod;
b) bilimlarni problemali bayon qilish;
v) qisman izlanish va tadqiq qilish;
1. Og`zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng
ko`p informatsiya berish, o`quvchilar oldida problemallar
qo`yish, ularni hal qilish yo`llarini ko`rsatish imkonini beradi.
a) Tushuntirish metodi - bunda o`qituvchi materialni bayon
qiladi, o`quvchilar esa bilimlarni tayyor holda qabul qiladilar.
Materialni aniq tushunarli va qisqa bayon qilish kerak.
1 yoki 0 ga ko`paytirish hollarini tushunib olishga ko`paytirish haqidagi tarkib topgan bilimlari yyetarli
bo`lmaydi. O`qituvchi bu bilimlarni tayyor holda berishi kerak. Tushuntirish metodida nazariy
ma'lumotlar bilan tanishtirishda, o`quv qurollaridan foydalanish yo`l – yo`riqlar berishda
foydalaniladi.
b) Suhbat - eng ko`p tarqalgan, yyetakchi o`qitish metodlaridan biri bo`lib, darsning turli
bosqichlarida, har xil o`quv maqsadlarida qo`llanilishi mumkin. Suhbat – bu o`qitishning savol –
javob metodidir, bunda o`qituvchi, maxsus tanlangan savollar sistemasi va ularga beriladigan
javoblar yo`li bilan o`quvchilarni qo`yilgan ta'lim – tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga olib keladi.
Suhbat metodidan ko`pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda qonuniyatlar tipidagi
bilimlar (arifmetik amal xossalari, amal komponentalari va natijalari bog`liqligi) bilan tanishtirishda
foydalanish tavsiya etiladi.
Katexizik suhbat shunday savollar sistemasi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari o`zlashtirilgan
bilimlarni oddiygina qayta eslashni talab qiladi. Undan bilimlarni tekshirish va baholashda, yangi
materialni mustahkamlash va takrorlashda foydalaniladi.
Evristik suhbat (grekcha – topaman, ochaman) da tayyor bilimlar berilmaydi, balki qo`yilgan savollar
orqali, o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida yangi
tushunchalarga, xulosa va qoidalarga kelishga olib keladi. M: «34-20 va 34-2» hollarni o`rganishda
dastlab (50k8)-30, (40k5)-4 so`ngra 28k20k8…. Nimani yozdim? Shunday yozish mumkinmi?
Savollar o`quvchilarning fikrlashini
faollashtirishga, ularni voqyea – hodisalar va
faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni
ajratish yoki guruppalashga, ular orasidagi
bog`lanishlarni izlashga majbur qilish kerak.
M: Nega? Buni qanda tushunish kerak?
v) H i k o ya bilimlarni tushuntirish hikoya
tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan
asosan matematika tarixining rivojlanishi
haqidagi ma'lumotlarni berishda foydalaniladi.
g) O`quvchilarning kitob bilan ishlashlari.
O`qish malakalarini egallashlariga qarab
o`quvchilarni kitobda berilgan matnni mustaqil
o`qishga jalb qilish zarur, ammo matematik
matnni o`qish o`quvchilar uchun yangi va
qiyin ishdir. O`quvchi darslikdan nimani
o`qimasin, u tushungan yoki tushunmaganini
tekshirish kerak.
Darsliklarda har xil mashqlardan oldin berilgan ko`rsatmalarni o`qishga e'tibor berish zarur.
Rasmlar, chizmalar, sxyemalarni o`qish malakasi ham katta ahamiyatga ega.
Bunday ishning yakuni rasm, chizma, og`zaki ifodalar, matematik yozuvlar yordamida yangi
bilimlarni mustaqil egallash uchun darslik ochib beradigan imkoniyatlarning hammasidan
foydalanishdan iborat bo`lishi kerak.
1. Ko`rsatmali metodlar.
O`qitishning ko`rsatmali metodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi.
Kuzatish hissiy tafakkurning faol formasidir, bundan o`qitishda keng foydalaniladi. Atrof – borliqdagi
predmet va hodisalar, ularning turli – tuman modellari, (har xil tipdagi ko`rsatma - qo`llanmalar)
kuzatish ob'yektlari hisoblanadi.
O`qitishning ko`rsatmali va og`zaki metodlari o`zaro chambarchas bog`liqdir. Ko`rsatma -
qo`llanmalarni namoyish qilishni har doim o`quvchilar va o`qituvchilarning tushuntirishlari bilan
birgalikda olib boriladi va uning tadqiqotlarda aniqlanishicha 4 ta asosiy shakl mavjud.
1. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2. Og`zaki tushuntirish uning yordamida ob'yektning bevosita ko`rinmaydigan tomonlari haqida
ma'lumotlar beriladi.
3. Ko`rsatma - qo`llanmalar – og`zaki tushuntirishlarni tasdiqlaydi va aniqlashtiruvchi illyustratsiya
bo`ladi.
4. O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
Amaliy metodlar.
Malaka va ko`nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog`liq
bo`lgan metodlar o`qitishning amaliy metodlari hisoblanadi.
Xususan, bunday metodlarga yozma va og`zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari,
mustaqil ishlarning ba'zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni
tatbiq qilish, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish vazifasini bajaradi.
Mashq deb, biror amalni o`zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda
tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish, ijodiy
kabi turlarga bo`linadi. Hozirgi vaqtda o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida ijodiy
mashqlarga keng o`rin berilgan. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va
misollarni turli usullar bilan yyechish, ifoda bo`yicha masala tuzish, problema
xarakterdagi masalalarni yyechish mashqlari va boshqalar kiradi.
Miqdorlar va ularning o`lchanishi bilan tanishtirishda amaliy va laboratoriya ishlaridan
keng foydalaniladi. Amaliy va laboratoriya ishlarini o`tkazish o`quvchilarning bilim va
ko`nikmalarini faol egallashlariga imkon beradi, mustaqil hukm chiqarish va xulosalar
qilishga oid elementar tadqiqotchilik ko`nikmalarini rivojlantiradi, o`quvchilar tasavvurini
boyitadi va ularning bilim doiralarini kengaytiradi.
Keyingi yillarda dasturlarda gyeometrik materiallarning ko`payishi munosabati bilan
amaliy ishlarning ham salmog`i ortdi. Gyeometrik figuralarni tayyorlash, ularni
chizish, qirqish, qog`oz varag`ini buklash yo`li bilan to`g`ri burchak hosil qilish va
modellashtirish, atrofdagi narsalardan va chizmalardan ma'lum figuralarni tanlash,
o`quvchilarda eng ko`p ishlatiladigan o`lchash asboblari bilash ishlash malakasini
shakllantirishga yo`naltirilgan maxsus mashqlar bajarish ishlari sistematik amalga
oshiriladi.
O`quvchilar o`zlarining shaxsiy amaliy ishlari asosida qaralayotgan figuralarning
ba'zi xossalari bilan tanishishlari, olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishda
ishlatishni o`rganib olishlari kerak.
2) Induktsiya, deduktsiya, analogiya.
Bu uchta metod yangi bilimlarni egallashning har bir holi asosida yotuvchi
xulosalarning xususiyatlariga qarab bir – biridan farq qiladi.
Induktsiya metodi bilishning shunday yo`liki, bunda o`qituvchining fikri birlikdan
umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosalarga boradi. Bu metoddan
foydalanib biror qonuniyatni yechish yoki qoidani chiqarish uchun o`qituvchi
misollar, masalalar, ko`rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Dostları ilə paylaş: |