Qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish; ilmiyijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish; muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish. Muzey „Shahidlar xotirasi“ xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda „Qishloq fojiasi“ (R. Shamsutdinov), „Abdulla Qodiriy“ (S. Mirvaliyev), „Choʻlpon“ (N.Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning „Tanlangan asarlar“ini nashr etgan,

Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bilan hamkorlikda „Barhayot xotira“, „Armonli yillar koʻzgusi“, „Fidoyi olim“, „Mirtemir“ singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi va gʻoyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan (2002, meʼmori A.Turdiyev va boshqalar). Bino anʼanaviy meʼmorlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq va boshqalar)da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m), balandligi 20 m, gumbazli (balandligi 6,2 m, diametri 5,8 m; feruza rang gumbazi „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuidagi ayvon gumbazi bilan uygʻun), bino atrofi kengligi 4 m boʻlgan ochiq ayvon bilan oʻralgan, undagi 28 ta ustun va toʻsinlar hamda 4 tarafdagi kirish zinapoyalari binoga oʻziga xos salobat baxsh etadi