Tabiat shunday narsaki bu bizning borlig’imiz. Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlardagi ziddiyat-larning keskinlasha borishi ekologik muammoni ham yuzaga keltirdi. Ushbu jarayon tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunini bilish asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarning, ularni tashkil etish uslublarining rivojlantirilishi bilan bevosita bog’liq va aloqadordir. Chuqurroq o’ylab ko’rsak, gap fan va texnika yutuqlarini xalq xo’jaligiga tatbiq etish xususida bora-yotganiga amin bo’lamiz.Darhaqiqat, fan va texnika taraqqiyoti, bir tomondan, in-son qo’lini uzun qilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga sabab bo’lmoqda ekan .