Fan tushunchasi Fanning tashkiliy strukturasi



Yüklə 37,96 Kb.
səhifə1/4
tarix28.01.2023
ölçüsü37,96 Kb.
#81404
  1   2   3   4
Fan tushunchasi Fanning tashkiliy strukturasi


1- MAVZU. «ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYaSI» FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja :

  1. Fan tushunchasi

  2. Fanning tashkiliy strukturasi

  3. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Bakalavriatni bitirib magistraturaga o‘qishga kirgan magistrantlar «Katta fan» deb atalgan dargohga ilk qadam qo‘yadilar. Xo‘sh, bu qanday dargoh? Fan nima? Undagi muammolar va bilimlarni o‘rganish tarzi ta’lim tizimining quyi bosqichlarida mavjud bo‘lgan ilmlarni o‘zlashtirish shakllaridan nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko‘rib chiqishdan maqsad fan va ilmiy tadqiqot to‘g‘risida konkret tasavvur hosil qilishdir.
Ma’lumki, fan sohasida endigina faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassis yetarli darajada bilimlar majmuiga ega bo‘lishi kerak. Bunday majmuani tashkil qilgan bilimlar banki quyi ta’lim bosqichlarida yaratildi.
Xususan, maktab va kollejlarda o‘quvchilar tabiat, jamiyat va inson olami, atrofdagi turli hodisalar va qonuniyatlar haqida ilmiylik xislatiga ega bo‘lgan dastlabki tayanch tushuncha va tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar.
Bakalavriat bosqichida talaba tanlab olgan fan yo‘nalishiga doir asosiy tushunchalar, g‘oyalar va tamoyillarni o‘rganib oladi, uning ongida nazariya va ular birligini namoyon etgan tizimli bilim shakllanadi. Bunday bilim nisbatan sodda struktura va xossalarga ega bo‘lgan tuzilmalarni o‘rganish va tushunish, hayotimizga kirib kelayotgan yangi buyumlar, texnik vosita va moslamalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Shu bilan birga o‘quvchi ham, bakalavr ham oldin yaratilgan va darsliklarga kiritilgan tayyor bilimlar bilan ishlaydi, o‘qish jarayonida elementar uslubiy qoida va tamoyillarga tayanib u predmetga (fanga) oid savollar ustida mulohaza yuritadi.
Magistratura ta’lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, endi izlanishda u yoki bu hodisa qanday sharoitda, nima sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ishlash fan sohasida amalga oshadi.
Agar maktab, kollejda ta’limning bakalavriat bosqichida talabalar oldin ishlab chiqilgan va tayyor shaklga keltirilgan ilmni o‘zlashtirsalar, magistraturada hal etilmagan, ya’ni hodisa yoki qonuniyatni ochish, texnologik tuzilma loyihasini ishlab chiqish imkoniyatini beradigan muammolar o‘rganiladi.
To‘g‘ri, o‘quvchi yoki bakalavr olimpiada va to‘garaklarda qatnashish, hamda o‘z ustida muntazam ishlash davomida intellektual salohiyati va ijodiy qobiliyatini o‘stirishi mumkin. Lekin, bu holat yuqorida bildirilgan mulohazani rad etmaydi, aksincha, fan dargohiga qadam qo‘ygan olimpiada sovrindori yoki stipendiant kelajakda iqtidorli tadqiqotchilar safini to‘ldiradi.
Fan xususida mulohaza yuritadigan bo‘lsak, birinchi ko‘zga tashlanadigan narsa, bu uning jamoaviy xislatidir. Fanda tadqiqotchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatadi. Bunday jamoada turli vazifalarni (eksperimentni tayyorlash va va o‘tkazish, ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash, natijalarni umumlashtirish va h.k.) bajarishda namoyon bo‘ladigan mehnat taqsimoti mavjud. Ilmiy jamoani faoliyati bir qator huquqiy, ijtimoiy, malakaviy va ma’naviy qonun-qoidalar asosida tartibga solinadi. Shularni hisobga olib fan tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin: fan-tadqiqotchilar faoliyatini tashkillashtiradigan, yangi ilmiy bilimlar ishlab chiqaradigan, olingan natijalarni amaliyot va texnologiyaga joriy qiladigan ijtimoiy institutdir (muassasasidir).
Fan o‘zagini yangi bilimlar ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilar tashkil qiladi. Tadqiqotchilar maxsus til, eksperiment va ilmiy usullardan foydalanish jarayonida innovatsiyaga olib keladigan yangi natijalarni qo‘lga kiritadilar, kashf qiladilar, voqelikdagi narsa va hodisalarni tushuntirib beradigan ta’limotlar, g‘oyalar va nazariyalarni ishlab chiqaradilar, hosil bo‘lgan bilimlarni texnologik loyiha va modellar ko‘rinishida amaliyotga tadbiq qiladilar.
Fanning muhim tomonini ilmiy axborot ishlab chiqish va iste’mol qilish, tadqiqot vositalari va usullarini yaratish, olingan natijalarni turli darajadagi anjumanlarda muhokama qilish tashkil qiladi. Fanning strukturasi va asosiy xislatlari 1-rasmda ifodalangan.



1-rasm
Shunday qilib, fan ko‘p strukturali ijtimoiy institut bo‘lib, unda jamiyat uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlar ishlab chiqariladi, olim va mutaxassislar faoliyati tashkil qilinadi, ilmiy axborot ishlab chiqiladi va iste’mol qilinadi, maxsus fan tili, tadqiqot vositalari va usullari yaratiladi, dolzarb ilmiy va amaliy-texnologik muammolar muhokama qilinadigan anjumanlar muntazam tashkil qilinadi.





Yüklə 37,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin