Qisqacha mazmuni:
Maqolada Intensiv texnologiyalarga asoslanib
etishtirilayotgan tok tuplariga shakl berish va kurtaklar yuklamasini aniqlash
mavzusini
yoritishda
Case Study
metodidan
foydalanish jarayonlari va bu metod
orqali talabalarda bilim, ko‘nikma va amaliy jihatdan malakalarining shakllanishi
keltirilgan. Shuningdek talaba mavzu yuzasidan zaruriy sifatlarni yani tanqidiy
fikrlashni, muammoga ob’ektiv yondashishga, zarur vaqtda keskin qaror qabul
qilishni, ma’suliyatli bo‘lishni, nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni
shakllantiradi.
Kalit so‘zlar:
Case Study, Intensiv, metod, ta’lim tizimi, shakl berish, kurtak
yuklamasi, kesish uzunligi, kesish xillari, o‘rinbosar novda, katta kosachasimon,
ko‘p zangli elpig‘ichsimon, hosilli zveno, o‘sish kuchi, xosildorlik, oziqlanish
maydoni, agrotexnik tadbir.
TOK TUPIGA SHAKL BERISH, KESISH VA XOMTOK QILISHGA
DOIR MAVZULARNI O‘QITISHNING INNOVATSION YONDASHU-
VI.
Xo‘jaqulov Fayzi Mardanovich
tayanch doktorant
Guliston davlat universiteti
Qisqacha mazmuni:
Ushbu maqolada tok tupini parvarishlashda rivojlanishni
turli bosqichlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni, uzum bog‘larini aynan mos
davrida bajariladigan ishlar bilan bog‘lagan holda o‘qitish imkoniyatlari muhokama
qilingan. Bu imkoniyatlarning dolzarbligi innovatsion holda o‘rganilayotgan
mavzular, ular doirasida amalga oshirilayotgan vazifalar innovatsion yondoshuv
hisobiga kengaytiriladi. Innovatsion yondashuv asosida talaba tok ko‘chatlarini
rivojlanishini har bir bosqichini, tashqi muhitga, agrotexnik tadbirlarga va
zararkunanda xasharotlarga nisbatan bo‘lgan munosabatini amaliy kuzatishi
mumkinligi tushuntiriladi.
Kalit so‘zlar:
agrotexnik tadbir, tok kesish, shakl berish, yelpig‘ichsimon
shakl berish, kurtaklar yuklamasi, novda, xomtok, g‘o‘ra xomtok, sho‘ra xomtok.
|