Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Alanga rangining bo'yalishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə78/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135
12 Cифat анализ

2. Alanga rangining bo'yalishi. Natriy ioni gorelkaning rangsiz alangasini sariq rangga kiritadi. Reaksiyani yuqoridagi tartibda bajaring.


9.4. Ammoniy kationining reaksiyalari
Ammoniy ionining xlorid, bromid, nitrat, sulfat singari tuzlari suvda yaxshi eriganligi uchun uning reaksiyalarini shu tuzlarning eritmalaridan foydalangan holda o'tkazsangiz maqsadga muvofiqdir.
1. Ishqorlar (NaOH va KOH) ammoniy ioni qo'shib qizdirilganda ammiak gazi ajralib chiqadi:
NH4C1+KOH →KC1 + H2O+NH3
NH4+ + OH- →H2O+ NH3
Ajralib chiqayotgan ammiakni uning hididan yoki ho'l qizil lakmus qog'ozining ko'karishidan bilib olasiz. Bundan tashqari, ammiak ajralib chiqayotgan idishga konsentrlangan HC1 bilan ho'llangan shisha tayoqcha yaqinlashtirilganda tayoqcha atrofida oq «tutun» - NH4C1 hosil bo'ladi.
Reaksiyani bajarish uchun ammoniy tuzi eritmasining 2-3 tomchisi yoki ozgina ammoniy xloridning quruq tuzi solingan probirkaga 3-4 tomchi kaliy yoki natriy ishqori eritmasi tomiziladi. Agar probirkaning og'ziga ho'llangan qizil yoki binafsha lakmus qog'ozi o'rnatib, probirka suv hammomida qizdirilsa, lakmus qog'oz ko'karadi, bundan reaksiyaning sodir bo'lganligini ko'rasiz.
2. Nessler reaktivi (K2HgJ4+KOH) bilan ammoniy ioni oksodimerkuryodidning qizil-qo'ng'ir cho'kmasini hosil qiladi:
NH4Cl + 2K2[HgJ4]+4KOH→[Hg2NH2O]↓+7KJ+KCl+3H2O
yoki ionli tenglama shaklida:
NH4++2HgJ2-4+4OH-→[Hg2 NH2 O] ↓+7J-+3H2O
Reaksiya juda sezuvchandir. Undan kaliy va natriy ionlarini topishdan oldin eritmada ammoniy ioni borligini tekshirib ko'rish uchun foydalaning. Bu kaliy va natriy ionlari ammoniy ionini topishga xalaqit bermaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin