O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SURXONDARYO VILOYATI HUDUDIY BOSHQARMASI
DENOV TUMAN 3-SON KASB-HUNAR MAKTABI
2022-2023 O‘QUV YILI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
HISOBOTI
DENOV 2023
Denov tuman 3-son kasb-hunar maktabida 2022-2023 o‘quv yili
davomida amalga oshirilgan ishlar
HISOBOT
Denov 3-son kasb-hunar maktabida 2022-2023 o‘quv yilini 2022 yilning avgust oyidan ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish o‘quv bino va yordamchi binolar , o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasini o‘quv jarayoniga tayyorlash kabi tashkiliy ishlar ishlar bilan yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim muassasasida 2022-2023 o‘quv yilida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha tuman umuta’lim maktablaridan 233 nafar 9-sinf bitiruvchilaridan o‘quvchilar qabul qilinib, 8 ta gurux shakillantirildi, 2022-2023 o‘quv yilida 1-bosqichlar bo‘yicha 233 nafar va 2-bosqich bo‘yicha 215 nafar jami 448 nafar o‘quvchi bilan o‘quv jarayoni boshlandi.
2022 yilning 30 avgust kuni ta’lim muassasasida №1 Pedogogik kengash yig‘ilishi tashkil etilib, yig‘ilishda kasb-hunar maktabining istiqbol ish rejasi, pedogogik kengash ish rejasi xamda barcha o‘rinbosarlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlarning ish rejalari ko‘rib chiqildi tasdiqlandi.
Pedogogik kengash rejasidagi o‘quv jarayonini tashkil etish yuzasidan, o‘quv rejalar, dars taqsimotlari, o‘quv jarayoni grafiklari xamda o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining o‘quv me’yoriy xujjatlari tasdiqlanib, 2022 o‘quv yilini 5 sentiyabrdan “ YAngi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz ” shiori ostida Mustaqillik darsi bilan boshlanib, mavjud 16 ta guruxlarda mazkur shior ostida Mustaqillik darslari tashkil etildi.
2022-2023 o‘quv yilida kasb-hunar maktabida o‘quvchilar sonining ortishi xisobiga pedogog va ishlab chiqarish ta’lim ustalaring soni xam ortishi natijasida 31 nafarda iborat pedogog jamoasi shakillantirildi jumladan 13 nafar umumta’lim fan o‘qituvchilari, 3 nafar maxsus fan o‘qituvchilari xamda 15 nafar ishlab chiqarish ta’lim ustalari faoliyat yuritib keldi, kadrlar saloxiyati xam o‘tgan o‘quv yillariga nisbatan qisman darajada oshirilib 5 nafar 2-toifali o‘qituvchilar bilan boyitildi va o‘quv tarbiya jarayonlari tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq 1-smestr dars jadvali asosida tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: |