Bolalar nutqini o\'stirishda ko\'rgazmalilikni o\'rni (2)
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI. Nutqini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam beradi. So‘ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e’tibor berilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 11- moddasida: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi» - deyilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, muassasalami zamonaviy bilimlarga ega tarbiyachilar bilan to‘ldirish hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlaming muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qayd etilganidek, maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha malakali tarbiyachi va pedagog kadrlar bugungi kunda uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lshni, fikrlashi, shuningdek, MTM larda ham innovatik g‘oyalami shakllantirish asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur.
Pedagog kadrlaming uzluksiz ta’ lim olishini tashkil etish muammolari bir qator xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jahon ta’limini rejalashtirish instituti (Parij), YUNESKOning ta’lim bo‘yicha instituti (Gamburg), Oliy ta’limning Yevropa Markazi (Buxarest), Yevropa Muallimlar ta’limi Assotsiatsiyasi (ATEE) va boshiqa qator ilmiy muassasalarda tadqiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorida maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish,malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yahshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga, jumladan uning maktabgacha ta’lim bosqichiga e’tibor ortib borishi bilan bir qatorda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish ulushi kamayib borishi bu borada maqsadli tadqiqotlar olib borish, mamlakatimiz ilmiy-texnikaviy dasturi, ustuvor tadqiqotlarga yo‘nalishlarining bir qismi sifatida qaralishi lozim. Zero, ta’kidlab o‘tganimizdek, uzluksiz ta’lim bosqichlarining nechog‘lik samarali ishlashi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim sifatiga bog‘liq: bu davrda bolaning dunyoqarashi, tasavvurlari shakllanib bo‘ladi. Unga to‘g‘ri mazmun va yo‘nalish berish pedagogika fani, ta’lim amaliyotining dolzarb muammosidir.
Bola nutqini rivojlantirish, eng awalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont’ev). Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asming 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958—1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
Respublikamizda maktabgacha ta’lim allaqachon davlat siyosati daraja.iga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari bugungi kunda bolrlarni maktabga tayyorlashning bazaviy dasturi hamda tajriba-sinov jarayonida yuqori baholangan o‘quv-metodik materiallarga ega. Mazkur dasturda bolalarni jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini shakllantirish, tevarak-atrof bilan tanishtirish kabi turlimasalalar qamrab olingan.
Bola hayotining barcha ko‘rinishlarida til rivojlanishining ahamiyatini oshirish mushkul. Hayotiy qobiliyit kaliti sifatida aloqa va tilning asosiy roli haqida ishonchli dalillar keltirish mumkin. Rasmiy ta’lim va maktab hayotining dastlabki yillarida ta’sirli verbal va noverbal aloqaga asoslangan til mahorati o'fganish va rivojlanishga zamin bo‘lgan. Til va boshqa muhim qoblllyatlaming o‘sishi o‘qishga tayyorgarlik, savodxonlik va hisobItitobni O’z ichiga olgan. Bundan tashqari, hozir aloqa va til rivojining qiyinchiligi butun umr ta’sirining dalilidir.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvoming andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlaming asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalaming yutuqlari asosida kadrlar. tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlangan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlami yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
• 1 yoshdan 2 yoshgacha - 10 ta.
• 2 yoshdan 3 yoshgacha - 15 ta.
• 3 yoshdan 6-7 yoshgacha - 20 ta.
• Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.
Maktabgachi ta’lim muassasalari hududlarini demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalami qabul qilish tartibi, ulami bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruhlar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib o'tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlami tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqbb turish ta’minlanadi. i Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlammg o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalami, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallami joriy etish uchun shart-sharoitlami ta’minlaydi. Pedagogik kadrlaming o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof etish pedagogikasi asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi - maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tivsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifetida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim ftinksiyasi bolalaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga muVtftqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi - boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g ‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stilish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o ‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi. Metodist olimlaming ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalarning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflaming fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslami o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi.
Xuddi mana shu tavsiyalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash uchun asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigari, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlami asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi.