O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
__________________________
Iqtisodiyot kafedrasi
Menejment va marketing
Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Strukturalarga ta’sir etuvchi omillar
BAJARDI: 926-21 talabasi To’xtamurodov X
QABUL QILDI: Norbekov X
Jizzax_2023
REJA:
Kirish
Struktura nima?
Menejment strukturasi.
3.Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar.
Xulosa
Kirish
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga odatda, quyi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysunishini ko‘rsatadi.
Menejment strukturasini belgilovchi omillar
1. Strukturani aniqlovchi belgilar: menejm entmaqsadi; menejment funksiyalari va vazifalari; xizmat qilinadigan mintaqalar va
iste’molchilar guruhi; ish vaqti tartibi, interval va boshqalar.
2. Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar: tashqi muhit; texnologiya;
korxonaning katta-kichikligi; biznes strategiyasi; xodimlar soni;
qabul qilinadigan qarorlar tizimi; shakllangan struktura va boshqalar.
3. Strukturani optimallashtiruvchi belgilar: yuqori malakali
past darajadagi xarajatlar; ish jadvalining bevosita iste’molchilarga moslashtirilishi va Bulardan ko‘rinib turibdiki, boshqarish strukturasini aniqlovchi eng dastlabki belgilardan boshqarish maqsadi, funksiyalari va
vazifalari hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ko‘pgina hollarda yangi korxona yoki muassasalami tuzish paytida avval
boshqarish bosqichlari va bo‘g‘inlarning tarkibi, boshqarish apparati
shtatlari belgilanadi, keyin ular o‘rtasida funksiyalar taqsimlanadi.
Lekin bu jarayon aksincha boMishi kerak, y a ’ni dastlab maqsadga binoan funksiyalar soni aniqlanishi, keyin esa, boshqarish strukturasini tashkil etishga kirishish kerak. Agar funksiya miqyosi uncha katta
boMmasa, u holda mazkur korxonada biron-bir boMinmani tashkil
qilishga yoki qo‘shimcha lavozimni kiritishga hojat boMmaydi. bir tuzilmada rasmiy va norasmiy aloqalar mavj ud. Rasmiy
aloqalar, avvalo vertikal aloqadir. Ular rahbariik va bo‘ysunish
turlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor
bolsa, bunday aloqa chiziqli rasm iy alo q a deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo‘lib, quyi organ faoliyatga doir
o‘zining masalalariga daxldor bo‘lsa, bunday aloqa funksional
vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
Organlar o ‘rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal
aloqalar ham mavjud, ular muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish va
hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Menejment tuzilishida asosiy o‘rinni hokimiyatga tayanadigan
rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhimdir.
Ba’zan ular tashkilotning ishini yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega boMadi. Norasmiy aloqalar turli xilda boMishi
mumkin. Bular jum lasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda
tarkib topgan um um iy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport
bilan shug‘ullanish yoki do‘stona munosabatlar, birga o‘qiganlik va boshqalar kiradi. Norasmiy aloqalar ham e’tibordan chetda qolmasligi
kerak. Norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham bor. ehtiyotkorlik,
sezgirlik bolmagan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindoshurug‘chilik va shunga o ‘xshash ko‘rinishlarning sodir bolishi hech gap emas.
1. Struktura nima?
Struktura (lot. structure — tuzilish, bogʻlanish) —
1) muayyan narsalarning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning oʻzaro bogʻliqligi;
2) obʼyektning yaxlitligi va aynan oʻzligini anglatadigan, yaʼni tashqi va ichki oʻzgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui. sistemani tashkil etadi. narsa va hodisani bir xil yoki har xil jinsliligi, uning muayyan nisbiy mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga boʻlinishini; bu qismlar, elementlar, komponentlarning oʻzaro taʼsir va aks taʼsirlarini, ular oʻrtasidagi aloqadorlik va bogʻlanishlarni, bu bogʻlanishlarga oid qonuniyatlarni; narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan katʼi nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. ni bilish — elementlarni aniklash, ularning oʻzaro aloqadorliklarini aniklash,
bu elementlar bir butunligining oʻziga xos tabiatini tushunib olishdir.
Keyingi vaqtlarda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot obʼyektini chuqurroq oʻrganish maqsadida sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning qoʻllanishi ularning samarali va istiqbolli ekanligini koʻrsatmoqda. Olamni falsafiy va tabiiyilmiy bilish real mavjud sistemalarning xususiyatlarini bilishga ancha toʻgʻri keladi
2. Menejment strukturasi.
Menejment strukturasi deganda menejment maqsadlarini amalga
oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog'langan turli
boshqaruv organlari va bo'g'inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishning ma’lum bir vazifalarini hal qilish uchun muayyan
organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori
organlarga bo'ysunishi va ular o'rtasidagi o'zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil etadi. Bunday struktura odatda «Boshqaruv
apparati strukturasi» deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining
bo'limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish tarkibi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadj. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi
omili ishlab chiqarish jarayoni bo'lib hisoblanadi. U o'zaro bog'langan
asosiy, yordamchi va xizmat.ko'rsatuvchi jarayonlardan iborat bo'lib, bu
jarayonlar bo'limlar va xodimlar o'rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.
Shu maqsadda ishlab chiqarish bo'limlari vaulargaxos bo'lgan boshqaruv
apparati tuziladi.
Bo'limlar yig'indisi, ularning tarkibi va o'zaro aloqa shakllari
korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona
o'ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir. Boshqarishning
maqsadlari, funksiyalari, vazifalari, ob’yektlari va organlari uning
tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy tuzilishlarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv
bo'g'inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo'ladi.
Boshqarish bo‘g‘ini — boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi bajaruvchi mustaqil strukturasi bo'limlaridir. Bu bo'
limlar o'rtasidagi bog'lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega.
Boshqarish bosqichi - bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal
qiladigan bo'g'indir. Masalan:
vazirlik ------ birlashma------- korxona ------- sex------ uchastka
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo'g'inining ikkinchisiga
odatda, quyi bo'g'inning yuqori bo'g'inga izchillik bilan bo'ysunishini
ko'rsatadi. Bu vertical bo'yieha bo'linishdir.
Strukturaga ta’sir qiluvchi omillar
tashqi muhit;
texnologiya;
korxonaning katta-kichikligi;
biznes strategiyasi;
xodimlar soni;
qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
shakllangan struktura va boshqalar.
Menejment nafaqat biznesni qanday olib borishni tushunishga yordam beruvchi, balki turli-tuman vaziyatlarda xatoliklardan qochishni
o'rgatuvchi inson bilimlari sohasidir. Zamonaviy menejment ko'pincha
strategik rejalashtirish va boshqarishning zaruriyati muammolari bilan
duch kelmoqda, chunki tashqi muhitning to'satdan va tcz o'zgarishi,
asosan texnologiyalarda, bozordagi raqobatda, real holdir. Shu bilan birga
boshqaruv strukturalari ham o‘zgarmoqda, ko'proq nomarkazlashuv afzal
ko'rilmoqda. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolarning chiqishiga va
original yondashuvlarning ishlab chiqil ishiga moslashib bormoqda. Qabul
qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish ketma-ketlikda
bormoqda. Resurslarni taqsimlashdagi manyovrlar yangi vaziyatlarda
ularni sarflashdagi aniqlikka qaraganda ko‘proq qadrlanadi.
Inson omili tashkilot samaradorligining asosiy dementi sifatida to’lato‘kis tushunib yetilmadi. Yana bir kamchilik yuzaga chiqdi. Ilmiy
menejment yopiq turdagi tashkilot kabi bunyod etildi. Agar boshda bu
kabi tizimni yaxlitlash, uning ichki elementlari tashkil etish evaziga oshsaj
keyinroq ularning aniqligi yetarli bo’lmay qoladi, tashqi muhitni hisobgj
olish zaruriyati oydinlashadi vamenejmentyangi yo‘llarqidirish masalasi |
oldida turib qoladi
Tizimli yondashuv har qanday boshqaruv tizimining faoliyatini o'zigl
xos xususiyatlar darajasida har tomonlama baholashga imkon beradi. Bu
yagona tizim ichidagi har qanday vaziyatni tahlil qilishga, kirish, jarayon
va chiqish muammolarining mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Tizimli
yondashuvni qo'llash boshqaruv tizimining barcha darajalarida qarorlar
qabul qilish jarayonini eng yaxshi tashkil etishga imkon beradi. Rahbarlaf
tizimning nazariyasini boshqaruv jarayoniga qo'llash uchun tashkilot
o'zgaruvchilarini tizim sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotni
o'zgaruvchan tashqi muhitda turli maqsadlarga erishishga qaratilgan
odamlar, tuzilish, vazifalar va texnologiyalar kabi o‘zaro bog‘liq
elementlar to'plami sifatida ko'rib chiqishi kerak
Menejment tashkiliy tuzilishini qurishda asosiy 3 guruhdagi omillar
ta’sir etadi: tashqi muhit ta’siri; boshqaruv mehnatining ixtisoslashuvi;
markazlashuv va nomarkazlashuvning nisbati.
Tuzilishni qurishga ta’sir etuvchi yana bir umumiy omil markazlashgan va nomarkazlashgan boshqaruv darajasi hisoblanadi, bu esa ishlab
chiqarish xususiyati va turiga bog'liq. Bulardan qaysi biri yaxshi
ekanligini aytish qiyin, chunki tuzilishni tashkil etishda ularning nisbatini
aniqlash faqatgina vaziyatga bog'liq bo'ladi
Xulosa
Organlar o ‘rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal
aloqalar ham mavjud, ular muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish va
hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
Menejment tuzilishida asosiy o‘rinni hokimiyatga tayanadigan
rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar ham muhimdir.
Ba’zan ular tashkilotning ishini yo‘lga qo‘yishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega boMadi. Norasmiy aloqalar turli xilda boMishi
mumkin. Bular jum lasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda
tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport
bilan shug‘ullanish yoki do‘stona munosabatlar, birga o‘qiganlik va
boshqalar kiradi. Norasmiy aloqalar ham e’tibordanchetdaqolm asligi
kerak. Norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham bor. ehtiyotkorlik,
sezgirlik boMmagan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindoshurug‘chilik va shunga o ‘xshash ko‘rinishlarning sodir boMishi hech
gap emas.
Menejment tashkiliy tuzilishini qurishda asosiy 3 guruhdagi
omillar ta’sir etadi: tashqi muhit ta’siri; boshqaruv mehnatining
ixtisoslashuvi; markazlashuv va nomarkazlashuvning nisbati.
Tuzilishni qurishga ta’sir etuvchi yana bir umumiy omil
markazlashgan va nomarkazlashgan boshqaruv darajasi hisoblanadi,
bu esa ishlab chiqarish xususiyati va turiga bogMiq. Bulardan qaysi
biri yaxshi ekanligini aytish qiyin, chunki tuzilishni tashkil etishda
ularning nisbatini aniqlash faqatgina vaziyatga bogMiq boMadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T.: O’zbekiston, 1995 -y.
2. Sh.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O’zbekiston, 2017.
3«Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»
4. O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni, O`RQ-404-sonli.
5. O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. –T.: 2010 -y.
6. A.A.Karimov va boshqalar “Buxgalteriya hisobi”. Darslik. –T.: “Sharq”NMAK, 2004-y.
7. K.B.Urazov “Buxgalteriya hisobi va audit”. O`quv qo`llanma. –T.: “Oqituvchi”, 2004-y.
8. I.K.Ochilov, J.E.Qurbonboyev “Moliyaviy hisob”. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2007-y.
9. A.Ibragimov va boshqalar “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2008-y.
10. F.G.Gulyamova, U.T.Fayziyeva “Yangi hisobvaraqlar rejasi bo’yicha 3000 ta buxgalteriya o’tkazmalari ”. Ilmiy-amaliy qo’llanma. –T.: “NORMA”, 2007-y.
Internet saytlari:
www.lex.uz
www.soliq.uz
Dostları ilə paylaş: |