Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə135/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

13.2-rasm. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilar.

Albatta, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar bo'lib hisoblanadi. Bosh kompaniya aksiyasining egasi lining aksiyalar paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholay olmaydi. Chunki, bosh kompaniya balansi faqat sho‘ba korxonalarga qilingan qo'yilmalar summasini o‘z ichiga oladi va ushbu qo'yilmalaming jami real qiymatini va aksiyadorlaming ulushini aks ettirmaydi. Aksiyadorlarga esa ular qo'yilmalarining qiymatini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaga qarashli barcha sho‘ba va tobe korxonalar faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan axborotlar zarur.
Investorlarga konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, bir tomon- dan, guruh aktivlari va kapitalining umumiy miqdorini (uning imko- niyatlarini) baholash uchun zarur. Boshqa tomondan, guruhning o‘zi konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan manfaatdor. Chunki, bu o‘zining to'Iov layoqatini va moliyaviy barqarorligini ko'rsatish uchun ham zarur.
Konsolidatsiyalangan buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlardan foydalanuvchilarning tarkibi va ularning axborotlarga ehtiyoji
13.1-jadval

Foydalanuv- chilar

Axborotlarga ehtiyoj

1. Aksiyador- lar

Korporativ guruhga kiruvchi korxonalarga ishonib topshirilgan kapitalning ular tomonidan boshqarilish natijalariga qiziqishi

2. Boshqaruv- chilar (mene- jerlar)

Faoliyat natijalarini tarmoqdagi boshqa guruhlar natijalari bilan taqqoslash uchun

3. Xodimlar

O‘z tadbirkorlarming barqarorlik darajasi va ular faoliyatining daromadliligi to'g'risidagi ma’lumotlar.

4. Investorlar

Investitsiyalar bilan bog'liq risklami va guruhning! qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, ushlab turish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida ularning j daromadliligini baholash

5. Kreditorlar

Aktivlaming likvidliligini, xaridoming to’lov qobili- yatini va qarzlami o‘z vaqtida uzishini baholash

6. Xaridorlar

Sotuvchi-korxona bilan uzoq muddatli munosabatlar mavjudligi va unga bog‘liqlik munosabati bilan uning barqarorligi to'g’risidagi ma’lumotlar

7. Hukumat va boshqaruv organlari

Tarmoq faoliyatini tartibga solish va soliq siyosatini belgilash uchun zarur axborotlar

8. Jamoatchi- lik

Kompaniyaning faoliyat miqyosini va ish o’rinlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash

Kreditorlami ko'proq boshqa masalalar - guruhning o‘z qarzlari va majburiyatlari bo'yicha javob bera olish imkoniyatlari qiziqtiradi, bunday imkoniyatlar esa konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda to'liqroq beriladi. Bunda kreditorlar shuni bilib qo‘yishlari zarurki, har qanday guruh ishtirokchisi shu guruhdagi boshqa korxonalarning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi.


Guruhning turli boshqaruv pog'onalanda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga ehtiyoj har xil darajada bo'ladi.
Guruhning eng yuqori boshqaruvi, uning fond bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, haqiqiy moliyaviy ahvoliga tayangan holda uzoq muddatli loyihalar tuzishga hamda turli darajada muzokaralar olib borish chog'ida lining moliyaviy ahvolini tasdiqlashga imkon yaratganligi bois, konsolidatsiyalangan hisobot tuzilishidan alohida manfaatdordir. O‘rta bo‘g*in menejerlarining konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot axborotlariga qiziqishi, ular o‘z faoliyatlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir guruh a’zosining ahvolini dinamikada baholash niaqsadida lining alohida segmentlarini nazorat qiladi. Bu darajadagi menejerlar uchun guruhning alohida korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar ko‘proq zarur bo'ladi.
4. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g‘risida»gi qonunining 16-moddasiga muvofiq yoziladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlaming asosiy maqsadi korxonanmg moliyaviy ahvoli va lining mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o‘mi to‘g‘risida to'liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini to'ldirishdan iborat.
Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o'tgan shu davrdagi ko'rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot(2-shakl)da umumiy summa bilan keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlami turlarining baholash uslublarini qo‘llashda yagonalikni ta’minlashdan iborat.
Buxgalteriya hisobini yuritishda u yoki bu qoidalar qodlanilishi mumkin bo'lmagan vaqtdagi faktlami ko'rsatish va tegishli asoslashlami tushuntirish xatida keltirish zarur. Aks holda bunday qoidalami qo‘llash ushbu vaziyatni mazkur qoidalami qo‘llashdan bosh tortish deb qaraladi \'a korxona tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi amal qilayotgan qonunchiiikni buzish deb tan olinadi.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki taqsimlanmasligi to'g'risidagi ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralami baholash, ulaming tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo'yicha amortizatsiya hisoblash hamda ulaming faol qismidan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan tushumlami hisoblash variantlari, yangi mahsulotlami ishlabchiqishga doir turli investitsion loyihalaming rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini yaxshilash va hokazolar bo'yicha batafsil ma’lumot beriladi.

    1. Moliyaviy hisobotni taqdim etish va uni e’lon qilish

O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 19-moddasiga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy hisobotlari quyidagi organlarga taqdim qilinadi:

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin