Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə25/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

3. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi
4. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmalari
5.Hujjatlar aylanishining mazmuni


2.
1.Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va tashkil etishga
qo‘yiladigan talablar

O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, «Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilami o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir».11 Shuningdek, ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo'yilgan:

  • - buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlaming holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlaming holati to‘g‘risida to‘liq hamda aniq ma’lumotlami shakllantirish;.

  • samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlami aniq tuzish».

Qishloq xo'jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga qo'yilgan vazifalar faqat u to’g‘ri va oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlami va boshqa axborotlami taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlaming vujudga kelishi hamda undan foydalanish vaqti o'rtasidagi katta uzilishlar korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga to'sqinlik qiladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy boyliklaming talon- taroj bo'lishi va boshqa suiiste’molliklar, ma’muriy - boshqaruv xarajatlarining ko'payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya- xo'jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart- sharoitlar tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy eiementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlaming hajmi va mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim(16.1 - rasm).
Korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya apparatining oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi :

  • korxona faoliyati va uning natijalari to'g'risida to'liq va ishonchli axborotlami shakllantirish;


16.1-rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy eiementlari.




  • korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilami zarur axborotlar bilan ta’minlash;

  • moliya-xo'jalik faoliyatidagi noxush holatlaming o'z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlami aniqlash va safarbar etish;

  • korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;

  • korxona xodimlarining mehnatiga haq to'lashni nazorat qilish;

  • moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlami olish va o‘z vaqtida taqdim etish.

Belgilangan vazifalami hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga rioya qilish zarur (16.2-rasm).


    1. rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish oldiga qo'yiladigan asosiy
      talablar.


2. Korxona rahbarining buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir
huquqi va majburiyatlari

0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 7-moddasiga muvofiq, «Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi»'3. Bunda xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas’ul bo'lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega.
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari kamdan-kam hollarda buxgalteriya hisobini o‘zi yuritadi. Odatda, bu vazifani buxgalteriya xizmati yoki yollangan buxgalter bajaradi. Bu holda xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlami ta’minlashi, barcha bo'linmalar va buxgalteriya hisobiga aloqador xodimlar tomonidan belgilangan talablaming bajarilishini ta’minlashi lozim. Bunda rahbar quyidagi huquqlarga ega:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin