7-mavzu. Davlat byudjeti Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati. Davlat
byudjetining vujudga kelish sabablari va rivojlanish tendensiyalari. Davlat
byudjetining iqtisodiy mazmuni. Davlat byudjeti – mamlakatning asosiy
moliyaviy rejasi. Davlat byudjeti yordamida ifodalanadigan moliyaviy
munosabatlar. Davlat byudjeti uchun xarakterli bo‘lgan xususiyatlar. “Davlat
byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan qo‘shiladigan boshqa
tushunchalar. Davlat byudjeti daromadlari. Davlat byudjeti harajatlari.
8-mavzu. Davlat maqsadli jamg‘armalari Davlat maqsadli jamg‘armalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va
ahamiyati. Davlat maqsadli jamg‘armalarining ta’rifi. Davlat maqsadli
jamg‘armalarining xususiyatlari. Davlat maqsadli jamg‘armalarini tashkil
etishning
obyektiv
zarurligi
va
shart-sharoitlari.
Davlat
maqsadli
jamg‘armalarining vazifalari. Davlat maqsadli jamg‘armalarini tashkil etishga
ta’sir etuvchi asosiy omillar. Davlat maqsadli jamg‘armalarini tashkil etish
tartibi va ularni shakllantirish metodlari.
9-mavzu. Davlat krediti Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari. Davlat kreditining
subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan
iborat ekanligi va unda davlatning qanday sifatlarda maydonga chiqishi. Davlat
kreditida davlatning kafilga aylanishi. Davlat tomonidan kafolatning berilishi
va markazlashtirilgan pul fondidagi o‘zgarishlar. Kreditning bir turi sifatida
davlat krediti klassik moliyaviy kategoriyalardan, xususan, soliqlardan farq
qiluvchi o‘ziga xos jihatlari.
10-mavzu. Sug‘urta Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati. Sug‘urta o‘ziga xos pul munosabatlarining
yig‘indisi. Sug‘urtaning iqtisodiy kategoriya sifatida asoslanish tamoyillari.
Sug‘urtaning funksiyalari. Sug‘urta shakllari. Tijoratga asoslanmagan
sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari. Tijorat sug‘urtasi paydo bo‘lishining
bosqichlari.