4-mavzu. O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qimalar
. Umumiy tavsifi. O‘tkazuvchi to‘qima xillari va
ularning funksiyalari. Ksilema va floema. O‘tkazuvchi naylar (traxeyalar),
ularning tuzilishi, joylashuvi va funksiyalari. Elaksimon (to‘rsimon) naylar.
Ularning tuzilishi, joylashuvi va funksiyalari. Traxeidlar, ularning tuzilishi,
xillari va rivojlanishi. Perforatsiyalar. Suv o‘tkazgich elementlarning (nay va
traxeidlarning) filogenetik rivojlanishi. O‘tkazuv nay bog‘lamlarning hosil
bo‘lishi.
5-mavzu. Vegetativ organlar. Ildiz Ildizning birlamchi morfo-anatomik tuzilishi. Ildiz apeksi va qinchasining
tuzilishi. Ildiz epidermasi va gipodermasi. Ildiz po‘stlog‘i va endodermaning
tuzilishi. Ildizda peritsiklning va o‘tkazuvchi to‘qimalarning markaziy o‘q
atrofida joylashuvi. Yon va qo‘shimcha ildizlarning shakllanishi. Ildizning
ikkilamchi yo‘g‘onlashuvi. Ildizning mikroorganizmlar bilan umumiy jamoani
shakllantirishi.
6-mavzu. Novda Novda apeksi. Novdaning boshlang‘ich strukturaviy tuzilishi, dastlabki
o‘tkazuvchi tizimning shakllanishi. Kurtak xillari va ularning novdada
joylashuv qonuniyatlari. Novdada barglarning joylashishi Shoxlanish turlari.
Novda modifikatsiyasi. Poyaning morfologik va anatomik tuzilishi.
7-mavzu. Poya Poya. Poyaning umumiy tavsifi va ta’rifi. Poyaning asosiy funksiyasi.
Poyaning morfologik va anatomik tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi
anatomik tuzilishi. Yo‘g‘onlashuv jarayoniga meristemalarning biologik
ahamiyati.
Yillik halqalar. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining himoyalanishida
peridermaning ahamiyati. Poyaning birlamchi yo‘g‘onlashuvi va o‘sishi.
Kambiyning faoliyati va ikkilamchi yo‘g‘onlashuvga o‘tish. Yog‘ochlik
(ksilema)ning tuzilishi. Uning tarkibiga kiruvchi elementlar. Yillik halqalar.
Yog‘ochlik tuzilishidagi soddalik va takomillashgan belgilari. Po‘stloqning
hosil bo‘lishi va uning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. Bir pallali o‘simlik
poyasining tuzilishi. Ikki pallali o‘simlik poyalarining tuzilishi.