4-Mavzu. Jismoniy tarbiya darsi mashg‘ulotlarning asosiy shakli sifatida, uning tuzilishi. Ma’ruzani talabalarga yoritib berishda jismoniy tarbiya darsi olib boriladigan
mashg‘ulotlar orasida asosiysi ekanligini. Maktab o‘quvchilarning jismoniy
tarbiyasining vazifalari, mashg‘ulotlarning asosiy shakllari va ularning tuzilishi.
Jismoniy tarbiyaning vositalari, darsni tashkil qilish usullarini o‘rgatish.
Maktablarda jismoniy tarbiya darslarning tuzilishi va o‘tkazish uslubiyatini
talabalarga yoritib berish zarur.
2 5.
5-Mavzu. Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish shakllari. Ma’ruzani yoritib berishda jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar
faoliyatini tashkil etish va boshqarish, yuklamalarni me’yorlash qoidalari; O‘quv
yilida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishni o‘rgatish; Jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarini tashkil etish usullarini misollar bilan tushuntirish lozim bo‘ladi.
2 6.
6-Mavzu. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya tizimi. Ma’ruza davomida “Dars, darsdan tashqari shakllar” to‘g‘risida ko‘rsatma
berish umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiyaning darsdan va sinfdan tashqari
shakllari. Mashg‘ulotga kirish, gimnastika, harakatli daqiqalar (fizkultminutka),
katta tanaffusdagi o‘yinlar, kuni uzaytirilgan guruhlarda jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish asoslarini o‘rgatish kerak.
2 7.
7-Mavzu. Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturi va asosiy rejalashtirish hujjatlarining tavsifi. Ma’ruza davomida ko‘proq davlat hujjatlariga, dastur bo‘limlariga
talabalarning e’tiborini qaratish, jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini
tashkil etish va boshqarish, yuklamalarni me’yorlash qoidalari. O‘quv yilida
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishni o‘rgatish kerak bo‘ladi.
2 8.