Fanning maqsad va vazifalari. Mintaqa iqtisodiyotiga umumiy tasnif



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/3
tarix01.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#71621
1   2   3
1 mavzu boyicha slayd

3.Xitoy sanoatini ulkan yutuqlaridan biri, uning sanoat tovarlarini industrial rivojlangan mamlakatlar bozorlariga kirib borishidir. Masalan, bugungi kunda, Xitoy sanoat da ishlab chiqarilgan tovarlari va qishloq xo’jalik mahsulotlari, nafaqat, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida, balki, Yaponiya, AQSh, Kanada, Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlarida ham sotilmoqda. Xitoy eksportida sanoat tovarlari 87%ni, uning importida esa, 80%ni tashkil etmoqda.

  • 3.Xitoy sanoatini ulkan yutuqlaridan biri, uning sanoat tovarlarini industrial rivojlangan mamlakatlar bozorlariga kirib borishidir. Masalan, bugungi kunda, Xitoy sanoat da ishlab chiqarilgan tovarlari va qishloq xo’jalik mahsulotlari, nafaqat, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida, balki, Yaponiya, AQSh, Kanada, Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlarida ham sotilmoqda. Xitoy eksportida sanoat tovarlari 87%ni, uning importida esa, 80%ni tashkil etmoqda.
  • Eksportdan tushgan daromadga ko‘plab eng zamonaviy texnika va texnologiyalar import qilinmoqda. Mamlakatda xalq xo‘jaligini ilmiy-texnikaviy jihatdan takomillashtirish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bunda xorijiy sarmoya va texnologiyalardan foydalanish ham samarali yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. 1979 yildan to 2017 yilga qadar, XXRsida xorijiy moliyaviy mablag‘larni, to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investisiyalar tashkil etadi. Barcha xorijiy resurslar bevosita ishlab chiqarishga yoki infratuzilmani yaxshilashga sarflandi.
  • 4.Strategik yo‘nalishda asosiy fondlarni yangilanishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. «Sanoat korxonalarini 3-umumiy ro‘yxatga olish» tadbiri 1995 yil oxirida o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra, 3200 asosiy uskuna turlaridan, uning 47,1%i import uskunalariga to‘g‘ri keldi. Xitoy korxonalaridagi uskunalarining xizmat qilish muddati quyidagicha taqsimlangan:
  • Har bir mintaqaning o’ziga xos tomonlarini o’rganib, ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsata bilish:
  • Ular iqtisodiy salohiyatlarini, aholining yashash darajalarini oshirishdagi xatti-xarakatlarini, iqtisodiy islihotlarni amalga oshirish jarayonlarini taxlil etish:
  • Shimoliy Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini o’rganib chiqish:
  • Ushbu mintaqadagi eng katta mamlakat – Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, undagi qo’yilgan xatolar “katta sakrash” va “madaniy inqilob” konsepsiyalari, “ochiq eshiklar siyosati”, iqtisodiy islohotlar jarayonlarini o’rganish:
  • Mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini rivolanish xususiyatlarini taxlil etish:
  • XXR ning XXI asrda rivojlanish tendensiyalarini taxlil qilish:
  • XXRning tashqi iqtisodiy faoliyatini chuqur o’rganish lozim.
  • Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ular orasidagi muhim differensiatsiyani mavjudligi bilan belgilanadi. Xalqaro amaliyotda yalpi milliy mahsuloti yoki aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsuloti ko’rsatkichlariga asoslangan dunyo mamlakatlari tipologiyasidan keng foydalaniladi. Unga asosan Jahon Banki quyidagi mamlakatlar guruxini ajratib ko’rsatadi:
  • Yoqori daromadli mamlakatlar (ularda Jalpi milliy daromadning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi yiliga 10 726 AQSh doll. dan yoqori);
  • O’rtacha daromadga ega mamlakatlar (876 dan 10 725 AQSh doll.cha);
  • Past daromadli mamlakatlar (875 va undan kam).
  • Yoqori daromadli mamlakatlar (ularda Jalpi milliy daromadning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi yiliga 10 726 AQSh doll. dan yoqori);
  • O’rtacha daromadga ega mamlakatlar (876 dan 10 725 AQSh doll.cha);
  • Past daromadli mamlakatlar (875 va undan kam).
  • Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’z navbatida mamlakatlarni quyidagicha ajratadi:
  • Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat (27 mamlakat va 2 xudud: Tayvan, Gonkong). Mana shu mamlakatlar hissasiga jahon Yalpi ichki mahsulotining 52%i, jahon tovarlar va xizmatlar ekspotining 69%i va jahon aholisining faqat 15% i to’g’ri keladi;
  • Bozor iqtisodiuoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlat (o’tish davri iqtisodiyotli) (145 ta mamlakat) jahon Yalpi ichki mahsulotining 47,7%i, , jahon tovarlar va xizmatlar ekspotining 30,8%i va jahon aholisining deyarli 85%i ularga to’g’ri keladi. Bu esa, o’z navbatida ularni 3 gurux mamlakatlariga taqsimlashga olib keldadi: riyojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotli mamlakatlarga: ular orasidan rivojlanayotgan gurux mamlakatlarini bir nechtaga ajratish mumkin: kamroq rivojlangan mamlakatlar ( dunyoning tng kambag’al mamlakatlari, ularning rivojlanishi noqulay sharoitlar natijasida murakkablashgan, masalan: orolda yoki kontinent ichkarisida joylashganligi); yangi industrial mamlakatlar; neftni eksport qiluvchi mamlakatlar va boshqalar. Ularning barchasi nobarqaror tarkibga ega.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin