Fanning nomi: Korpus lingvistikasi: korpus tuzish va foydalanish Fan uchun ma’sul: Hamroyeva Shahlo Mirjonovna −



Yüklə 40,5 Kb.
tarix04.02.2022
ölçüsü40,5 Kb.
#52117
Fanning nomi Korpus lingvistikasi korpus tuzish va foydalanish




Fanning nomi: Korpus lingvistikasi: korpus tuzish va foydalanish

Fan uchun ma’sul: Hamroyeva Shahlo Mirjonovna − Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi o`qituvchisi, filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)

ECTS – Kreditlar - 5

Haftadagi dars soatlari – 4

Auditoriya mashg‘ulotlari: 60 soat

Mustaqil ta’lim: 90 soat

Jami yuklama: 150 soat

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni korpus lingvistikasining nazariy masalalari (tushunchalar bilan tanishish, sohaning amaliy masalalarini yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish hamda korpus tuzishni o‘rganish uchun poydevor yaratish, korpusdan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ayni paytda u talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga, korpus lingvistikasi: korpus tuzish va foydalanish nazariy va amaliy muammolarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.



Fanni o‘qitishning vazifasi – talabalarga korpus lingvistikasi nazariyasi va amaliyotiga oid bilim berish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishga o‘rgatish, kompyuter lingvistikasining o‘zbek tilshunosligi sohalari bilan munosabatlarini bilish, ularga xos hodisalarning modellarini tuzish, tekshirish va tushuntira olishga o‘rgatishdir.

Fan 30 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlari, 30 soatlik amaliy mashg‘ulotlar hamda 90 soatlik mustaqil ta’limni qamrab oladi.



Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

“Korpus lingvistikasi: korpus tuzish va foydalanish”ning fan sifatidagi o‘rni, uning asosiy tushunchalarini umumlashtirish, til korpuslarining jahon tilshunosligi va o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish holati, korpus tuzishning nazariy asoslari to‘g‘risida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;

til korpusi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

til korpusidan ma’lumot qidirish, materilalarni ajratib olish, milliy, parallel, mualliflik korpuslari bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Ta’lim texnologiyalari va metodlari: ma’ruza; interfaol keys-stadi; seminar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javob); guruhda ishlash; taqdimot qilish; individual loyihalar; jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. Kreditlarni olish uchun talablar:



Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin