O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda muhandislik kommunikatsiyalarini
loyixalash, qurish va ishlatishda qo‘llaniladigan turli issiqlik ta’minoti tizimlari
ekspluatatsiyasi qilish, uning elementlariningishlash jarayoni, ishlatilish ko‘lami,
uning elementlarining issiqlik xisobini hisoblash asoslari va ularni muayyan
issiqlik yuklamalariga va ishlatish faoliyatiga ko‘ra tanlash bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga issiqlik ta’minoti tizimlari ekspluatatsiyasini
rivojlanish tarixi va xalq xo‘jaligidagi o‘rni, issiqlik-energetika resurslari va
issiqlik energetika balansi, issiqlik ta’minoti tizimlari ekspluatatsiyasi qilish
usullari, organik yoqilg‘ilarining yonish jarayonining asoslari, issiqlik ta’minoti
tizimlari ekspluatatsiyasining ishlash jarayoni, issiqlik ta’minoti tizimlaridan
foydalanish nazariyasi, turlari va tuzilishini hamda ma’lum qurilish va
ekspluatatsiya sharoitlari uchun ulardan munosiblarini tanlashni o‘rgatishdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: |