Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari. Dars berish metodikasi



Yüklə 55,11 Kb.
səhifə1/8
tarix29.03.2023
ölçüsü55,11 Kb.
#91203
  1   2   3   4   5   6   7   8
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanidan YaN savollari


  1. Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari.

Dars berish metodikasi(metodika va metodologiya)ning predmeti, bu dars berish (o‘qitish) jarayonining o‘zidir. Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. O‘qitish metodikasi tushunchasi:
a) pedagogning o‘qitish usullari va o‘quvchining o‘qish usullari hamda o‘quvchining o‘qituvchi bilan o‘zaro bog‘langanligini;
b) o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadga erishish bo‘yicha hamkorlikda ishlashning o‘ziga xosligi, ya'ni o‘qitish metodlar belgilangan maqsadga yetish uchun ta'lim vazifalarini hal etishda o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatidir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi.
Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshqaruvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir.Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani “Pedagogika” fanining tarmog’i sifatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:
Kasbiy ta’lim vazifalarini asoslash, uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berish;
O’quv materiali mazmunini asoslash;
Oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etish;
Bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va axborot texnologiyasini asoslash.
Ta’lim jarayonining didaktik asoslari. Ta’lim jarayoni pedagog va talabalar faoliyatidan iborat va muayyan ta’limiy vazifalar hal qilinadi, yaoni bilim, ko’nikma va malakalar egallanadi, talaba shaxsi shakllanadi. Ta’lim jarayoni quyidagi elementlardan iborat:
1. Ta’lim maqsadlarining belgilanishi.
2. Ta’lim maqsadlarini amalga oshirilishini taominlovchi ta’lim mazmuni – dastur va darsliklarda keltiriladi.
3. Ta’lim tamoyillari, metodlari va vositalari.
4. Ta’lim shakllari.
5. Ta’lim natijalarining aniqlanishi va navbatdagi yo’nalishning belgilanishi.
Demak, pedagog ta’lim jarayoni rejalashtirar ekan, har bir mavzuga yuqoridagi elementlarni inobatga olgan holda tayyorgarlik ko’radi. Ta’lim jarayoni o’zaro boliq, murakkab tizimni tashkil qiladi.
Ta’lim mazmuniga quyidagi to’rt element kiritilishi lozim:
1. Dunyo, ob’ektiv borliq haqidagi bilimlar
2.Bilimlar asosidagi ko’nikma va malakalar.
3. Ijodiy faoliyat mezonlari.
4. Umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam qilishi.




  1. Yüklə 55,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin