Fantomlarda Vsinf karioz bo‘shliqlarinicharxlash va plombalash



Yüklə 229,12 Kb.
tarix13.05.2023
ölçüsü229,12 Kb.
#112818
Fantomlarda Vsinf karioz bo‘shliqlarinicharxlash va plombalash


Fantomlarda Vsinf karioz bo‘shliqlarinicharxlash va plombalash.
V sinf bo‘shliqlarini shakllantirishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim. Ko‘pincha bo‘shliq tubi boshqa sinf bo‘shliqlaridek tekis emas, aksincha, elips, do‘ngli, oval (simmetriyadan uzoqlashgan xolda) ko‘rinishida hosil qilinadi (1-rasm). Bo‘shliqning o‘ng va chap devori sal ochilgan, boshqa ikkitasi qat’iy parallel bo‘lishi kerak. Agar bo‘shliqning 2-3 yuzasi (lunj, kontakt va b.q.) siyqalansa, uning yon burchaklarida plombaning mustahkamligini kuchaytiruvchi tayanch nuktalar hosil qilish lozim.

1-rasm
V – sinf kariesiga plomba uchun bo‘shliq

Pulpasi olingan (depulpatsiya qilingan) tishlarga plombani mustaxkamlash uchun retension nuqtalardan foydalanish mumkin. Depulpatsiya qilingan tishlarda bo‘shliqlarni shakllantirishda tirik pulpali tishlardagi kabi yuqorida keltirilgan extiyotkorliklarga rioya qilish talab etilmaydi.


Kompozitsion polimerlarni (kompomerlar) qo‘llashda, bo‘shliqlarni shakllantirishda tasvirlangan qoidalar butunligicha e’tiborga olinadi. Biroq, bo‘shliq devori va tubi orasidagi burchaklar yassi bo‘lishi mumkin. Bu esa, kompomerli plombani mahkamlash tizimidan ishonchli foydalanish, kompozitsion grunt va sementni o‘z ichiga olgan biriktiruvchi moddalarni qo‘llash imkonini beradi.

5-sinfdagi kovaklar hamma tishlarning lunj, lab, til, tanglay yuzalarining bo‘yin qismida joylashgan bo‘ladi. Bir-biriga yaqin joylashgan


kovaklarni birlashtirib shakl berish tavsiya etiladi. Unga yarim oysimon
yoki buyraksimon shakl beriladi. Milk oldi qirrasi yarimoysimon shaklda,
pastki devori to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Kovakning tubini va devorini fissur
va teskarisimon bor bilan shakllantiriladi, sababi pulpa yaqin. Plombaning
tish bo‘yin qismida yaxshi turishi uchun g‘ildiraksimon bor bilan shakllangan kovakni devorida qo‘shimcha fissurlar, kesiklar hosil qilinadi va
plomba joylanib uzoq turadi.
Beshinchi sinfda kovakni shakllantirishda tubi bir muncha bo‘rtgan
bo‘lishi kerak..
V
sinf.

1. Tish bo‘shlig‘ini ochib yuborish va pulpaning shikastlanishi.
2. Milkka qaragan devorga yaxshi shakl bermaslik.
3. Milkning qonashining sababi sifatsiz qo‘yilgan plomba.
4. Qoidasiz shakl berilgan kovak.
Yüklə 229,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin