Kelajak hukumati haqida... Biz hozir ochiq yoki elektron tarmoqli bir zamonda, boshqa so‘z bilan aytganda, aqlli dunyoda yashaymiz, smartfonlarni ishlatamiz. Kelajakdagi hukumatni qanday ta’riflash mumkin? Kelajakdagi hukumat inson tabiatiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Inson – irratsional bir mavjudot. Shunga qaramay, hech bir inson boshqaning izmida bo‘lishni istamaydi, boshqalar bilan raqobatlashishni yoqtirmaydi. Biz inson tabiatini o‘rganishimiz kerak. Kelajakdagi hukumat inson tabiatiga e’tibor qaratishi lozim.
Misol uchun, Stiv Jobs, Apple kompaniyasida yaxshi narsalarni ixtiro qilgan. Misol uchun, Ipad – mp3 formatidagi musiqani eshitishga moslashgan, o‘rtasida “bosish” tugmasi bor juda oddiy aylana uskuna ixtiro etgan. Bu juda sodda va, eng muhimi, Jobsning fikricha, odamlar oddiy narsalarni yoqtiradi.
Fikrimcha, hukumat ham shu oddiy konsepsiya kabi bo‘lishi kerak. Kelajakda inson tabiatiga asoslangan hukumat shunday bo‘lishi kerak. Inson tabiatiga asoslangan siyosat fuqarolarga xizmat ko‘rsatishi lozim va bunday siyosat yaratish uchun inson kapitaliga katta e’tiborimiz qaratishimiz kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahon yangiliklari — Telegram’ingizda!
Ulashing:
Facebook Twitter Odnoklassniki Telegram
Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ