Boshqarish qismlari qo'l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo'shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo’lishi kerak
Boshqarish qismlari qo'l yoki oyoq og'irligi ostida tasodifan qo'shilib qolish ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo’lishi kerak.
Ergonomika bo'yicha manbaalarda maxsus ta'kidlanadiki, konstruktor o'zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.
Faqat inson tanasi o’lchamlari va a'zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan holda keng to'plangan tizimli tanlangan ma'lumotlarni jalb qilganda olcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo'lishi mumkin.
Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi - psixologik ilmning bir sohasidir. Ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga ,mehnatga o'qitish usullariga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog’liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o'rganadi.
Shuning uchun mehnat psixologiyasining o'rganish obyekti nafaqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo’lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman uning kasbiy qobiliyatlari va mehnat faoliyati amalga munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat ozuqalari ishlab chiqarishga o'qitishning usullari hisoblanadi
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi - mehnat faoliyatining yengil, xavfsiz bo'lishiga, uning katta xursandchilik olib kelishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar garmonik va aktivbolishigayordam berishdir. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligir ta'minlash bo'yicha tadbirlar tizimida muhim zvenoni tashkil qiladi.
Psixik kuchlanish ma'lum chegaragacha mehnat natijalariga ijobiyta'sir qiladi. Aktivlashishning kritik darajagacha ko'tarilishj, mehnat natijalarining pasayishiga, ba'zan ishchanlikning to'liq yo’qolishiga olib keladi.
Psixik kuchlanishning me'yoridan oshgan shakli chegaradan chiqish deyiladi. Insonning normal yuklanishi maksimal yuklanishga nisbatan 40-60 % dan oshmasligi kerak, ya'ni yuklanish chegaradan oshganda ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.