Fаrg‘оnа dаvlаt univеrsitеti filоlоgiya fаkultеti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi «O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi»


Topshiriq. Esse yozish. Agar meni tanqid qilishsa… 15-amaliy mashg‘ulot. Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə23/29
tarix27.09.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#149900
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Ma\'rifatdan O\'zbek tili soha MAJMUA

Topshiriq. Esse yozish. Agar meni tanqid qilishsa…


15-amaliy mashg‘ulot. Sohalarda kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish

Bundan tashqari, oʻqituvchi-olim kasbining asosini aqliy, jumladan, ilmiy faoliyat tashkil etadi. Ya’ni professor, avvalo, tadqiqotchi, pedagogik faoliyat esa uning ilmiy faoliyatining oʽziga xos davomidir. Aqliy faoliyat bilan doim mashgʻul boʻlgan kishi esa doimo intellektual qoniqmaslik holatida boʻladi Bu tabiiy hol, zero, inson fikrlarining to‘gʻri ekanligidan shubhalangan taqdirdagina fikrlaydi. Oʻz fikr va gʻoyalarini so‘nggi haqiqat deya qabul qilgan va shubhadan toʻxtagan kishi fikrlashdan xam toʻxtaydi. Shuning uchun kasbi fikrlash boʻlgan oʻqituvchi uchun qadim faylasuflardan birining: "Men shubhalanayapman, demak, men yashayapman", - degan soʽzlari o‘ziga xos aqida vazifasini o‘taydi.


Kasbiy nutq maqsad yo‘nalishlari xususida gap borar ekan, uning yana bir muhim jihati e’tiborga loyiq. Ma’lumki, nutq orqali inson oʽzi uchun zarur boʻlgan obroʻ-e’tibor qozonadi, ijtimoiy mavqeini oshiradi. "Odamning qimmati - soʽzida", deya bejiz aytmagan xalqimiz. "...Biz odatda e’tibor qilmagan kishi suxango‘yligi bilan bizni rom etishi mumkin. Aql jismga jon ato etishi bilan barcha, muayyan ma’noda uni yangilaydi ham; bir-birini quvib, almashib kelayotgan tuygʻu va fikrlar yuzni jonlantiradi.
Rahbar (siyosiy arbob, muassasa yoki korxona rahbari vash.k.) xalq, omma, jamoa diqqat markazida boʻlib, shu makonda hurmat qozonib yetakchilikka erishadi. Rahbarlikni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi oʽzi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega boʻlmogʻi kerak. Ular ichida avvalo til va nutq imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib koʻrsatish darkor. Demokratik islohotlar yoʻlidan borayotgan Oʻzbekistonda shaxs, shaxs tafakkuri jamiyatning asosiy jihatiga aylanib bormoqda. Qurilajak jamiyatning bu xususiyatlari rahbar ongida ham oʽz aksini topmogʻi lozim. Zamonaviy rahbar qolip vazifasini o‘taydigan namuna emas, balki oʽzgalar tushunishga intilgan shaxs sifatida namoyon boʻladi. Nafaqat uning oʽzi, balki u muloqotga kirishgan odamlarning har biri ham betakror individuallikka, o‘z so‘zi va fikriga ega boʻlgan shaxslardir. Bunday sharoitda avtoritarlik emas, Shaxsiy hurmat-e’tiborgina ish berishi mumkin. Rahbar ommaga, jamoaga o‘z fikr-lari, nuqtai nazarini yetkazishga harakat qilar ekan, muhim sinovdan o‘tadi, zero, rahbar hukmu qarori o‘zgalarning taqdiriga ta’sir oʻtkazadi. Shu ma’noda omma (jamoa) muayyan ma’noda rahbarning muxolifi hamdir. Odamlar rahbarning yoʻl qoʻygan xatosiga, noto‘gʻri soʽziga darhol munosabat bildiradilar.
Nutqda xato qilmaslikning choralaridan biri chin soʽzni aytish. Shunda soʽz tinglovchi qalbi qulfini ochuvchi kalitga aylanadi, odamlarni inontiradi, zero, "Tiling bila ko‘nglungni bir tut, ko‘ngliyu tili bir kishi aytqan soʽzga but".
Kasbiy-pedagogik muloqot murakkab hodisa. Shaxs kasbiy-pedagogik muloqot qilishdan avval oʽz oldiga bir necha vazifalarni qoʻyadi. Jumladan, maqsad qoʻyadi, muloqot qachon, qayerda, necha yoshlilar bilan oʻtkazilishini rejalashtiradi.
Pedagogik muloqotning eng muhim bosqichi - bu modellashtirish hisoblanadi. Bu bosqichdan muhim, mas’uliyatli muammoni hal qilishda foydalaniladi. Masalan, darsga tayyorlanish, ma’ruzani rejalashtirish ham shu bosqichga kiradi. Birinchidan, dasturga mos ravishda dars loyihasi tuziladi. Ikkinchidan, oʻquvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinadi. Uchinchidan, dars jarayonida qoʻllaniladigan ta’lim-tarbiya usullari tanlanadi. To‘rtinchidan, bolani aqliy rivojlanish qobiliyati hisobga olinadi.
Ikkinchi bosqich-bu bevosita muloqot bosqichi. Buni “kommunikativ hujum”deb atash mumkin. Chunki oʻqituvchi toʻliq tashabbusni oʽz qoʻliga olib dars boshlaydi.
Uchinchi bosqich esa bu muloqotni boshqarish bosqichi boʻlib, kasbiy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismidir. Kasbiy-pedagogik muloqotning vazifasi-texnologiyani oʽzlashtirish boʻlib, unda oʻqituvchi iliq munosabatlarni qoʻllay oladi, natijada pedagog shaxsi namoyon boʻladi. Kasbiy-pedagogik muloqotning muvaffaqiyatli boʻlishida oʻqituvchining kommunikativ madaniyati muhim oʻrin egallaydi. Bola oʻqituvchining dildan gapirayotganligini his qilib turishi kerak. Boʻlmasa koʻngildagidek muloqot amalga oshmaydi. Ayrim pedagoglar bolalar bilan ularning yoshini hisobga olmasdan muloqotda boʻladilar. Oʻqituvchi bola katta boʻlayotganligini sezib tursa, bu uning muloqot madaniyatini shakllanayotganligidan dalolat beradi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin