Farg’ona Davlat Universiteti, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, ingliz tili yo’nalishi, 20. 108- guruh talabasi Muqimo'jayeva Xushnozaning malakaviy amaliyot davri hisoboti



Yüklə 11,41 Kb.
tarix09.06.2023
ölçüsü11,41 Kb.
#127639
Hisobot 3


Farg’ona Davlat Universiteti, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, ingliz tili yo’nalishi, 20.108- guruh talabasi Muqimo'jayeva Xushnozaning malakaviy amaliyot davri
HISOBOTI

Men Muqimxo'jayeva Xushnoza 05.09.22 dan 22.05.23 gacha bo’lgan muddatda Farg’ona tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida passiv amaliyot olib bordim.


Amaliyot avvalida talabalarning amaliyot davridagi burch va vazifalari bilan tanishdim. Bundan tashqari universitet tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarim orqali boshqa eslatmalar bilan ham tanishib chiqdim. Amaliyot davrida maktabdagi ichki tartib qoidalar bilan tanishdim. Amaliyotning 1-kunida amaliyot o’taladigan muassasa direktori va o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bilan suhbat olib bordim va o’zimga kerakli ko’rsatmalarni oldim.
Hozirda tahsil olayotgan mutaxassisligimga ko’ra amaliyotni ingliz tili darslarida olib bordim. Amaliyot davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim.O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishi, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalaanishni va eng asosiy pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim.Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni,darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,mashqlar,tanlangan mavzuga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlantirishni,vaqt taqsimoti qanday to’g’ri tashkil eta olishni o’rgandim. Men dars o'tishning yana ko'proq usullarini va metodlarini o'rganish maqsadida aniq va ijtimoiy fan o'qituvchilarining darslarini kuzatdim. Va bu kuzatishlarim natijasida har bir yo'nalish o'quvchilarining dunyoqarashida va darsga, fanlarga bo'lgan yondashuvida turlicha yondashuvlarga guvoh bo'ldim. Albatta shunga muvofiq darsni tashkil etish usullari ham xilma-xillikni va yangicha yondashuvlarni talab etdi.
Amaliyotni 5, 6, 7, 8-sinf ingliz tili darslarida olib bordim. Amaliyot davomida asosan boshlang’ich sinf darslarida passiv amaliyot olib borganim sababli, malakali o’qituvchilardan, birinchi navbatda bolalar bilan ishlash metodlari, ular bilan til topishish, mavzularni keng va sodda usulda o’quvchilarga yetkazib berish, dars jarayonini to’g’ri taqsimlash, uy vazifalarini berilayotganda o’quvchilarga kichik yo’riqnoma berib ketish, to’g’ri va adolatli baholash, “project lesson” va nazorat ishlarini olib borish, darslar davomida interaktiv usullardan, qiziqarli o’yinlardan, multimedia materialari va vositalaridan, va albatta, xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturdan foydalanish tartiblarini o’rgandim. Amaliyotim mobaynida o'qituvchilarining bir nechta ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’proq e’tiborli bo’lish kerakligini,qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
Bundan tashqari o’zimga biriktirilgan o’qituvchi tomonidan sinf jurnali, konspektlar, dars ishlanmalarini yuritish tartiblari bilan tanishtirildim. Maktabdagi ma’naviy ma’rifiy ishlarni olib borish, tadbirlar tashkillash borasida ham katta va samarali tajribaga ega bo’ldim.
Amaliyot davrida egallagan bilim va ko’nikmalarim, malakali ustozlar darslarini kuzatish orqali orttirgan tajribalarim kelajakdagi ish faoliyatimda qo’l kelib, o’ziga xos master klass vazifasini o’taydi degan umiddaman.
Amaliyotchi talaba: __________________________


Muassasadagi biriktirilgan o’qituvchi: __________________________


Amaliyot rahbari: __________________________
Yüklə 11,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin