O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
____________ R.Shukurov
“____”_________ 2023-yil
STATISTIKA
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
400000 – Biznes, boshqaruv
va huquq
Ta’lim sohasi:
310000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
410000 – Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi:
60310100
– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410100
– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
60411900
– Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
(mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Farg‘ona – 2023
2
Fan/modul kodi
StaM209
O‘quv yili
2023-2024
Semestr
3/4
YECTS - Kreditlar
9 (4/5)
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek
Haftadagi dars soatlari
4
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim (soat)
Jami yuklama
(soat)
Statistika
120 (60/60)
150 (60/90)
270 (120/150)
2.
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda statistika fani, metodi
va amaliyoti sohasida
chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o‘quv malakasini shakllantirishdir.
Fanining vazifasi – talabalarda: statistika predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli
haqida chuqur bilimga va tasavvurga ega bo‘lish; statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy
masalalarini har taraflama o‘rganish;
Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- O‘zbekistonda davlat statistikasining tashkil etilishi, uning «Davlat statistikasi
haqida»gi qonundan kelib chiqadigan vazifalari
va huquqlarini bilish;
-statistik kuzatish mohiyati, turlari, dastur-uslubiy va tashkiliy masalalarini o‘rganish;
statistik kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash hamda uning natijalarini
statistik
jadvallarda ifodalay olish;
taqsimot qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash;
statistik ko‘rsatkichlar, ularning turlari va shakllari, taqqoslash yo‘llari;
tanlanma
kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy masalalari, tanlanmaning
reprezentativligini baholash yo‘llarini bilish, ilmiy va tajribaviy
gipotezalarni statistik
tekshirish va echimlarni olish usullarini egallash;
bozor hodisalari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochish uchun korrelyasion-
regression tahlilni qo‘llay olish;
dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish usulubiyatini bilish;
statistika amaliyotida qo‘llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash.