O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN”
Sirtqi bo’lim boshlig’i
__________________ “___” ______________ 2022yil
CHIZMACHILIK fanidan SILLABUS
(2022-2023-o’quv yilida Tasviriy san’at va muhandislik grafilasi yo’nalishi 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun amal qiladi) (Sillabus Sirtqi bo’limning 2022 yil “___” __avgust__dagi ___1_-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)
Farg‘ona davlat universiteti “Tasviriy san’at” kafedrasi.
Manzil: Farg‘ona sh. Yuksalish ko‘chasi 55 uy
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
QM1
Chizmachilik fani har qanday geometrik jismlarning, ob`ektlarning chizmasini hamda grafik modelini tuzish va o’qishdan iboratdir. Talabalarga kelajakda o’zlarining texnik fikrlarini chizma orqali namoyon qilish, tasvirlangan har qanday buyum, yoki ob`ektlarning chizmasi bo’yicha ishlash printsipi va konstruktiv tuzilishini tushunib olish va tasavvur qila olish uchun bilim, ko’nikma va malaka berishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarga Turli detal, mashina va shunga o’xshashlarni to’g’ri burchakli va aksonometrik proyektsiyalarda tasvirlash usullarini (chizmalar chizishni o’rgatish); Chizmalarda tasvirlangan narsalar, uzel, detal va shunga o’xshashlarning fazoviy shakllarni fikran tasavvur qilish (chizmalarni o’qish) mahoratini shakllantirishdan iborat.
Chizmalarda tasvirlangan narsalar, uzel, detal va shunga o’xshashlarning fazoviy shakllarni fikran tasavvur qilish (chizmalarni o’qish va chizish) mahoratini egallagan bo’lishi kerak
Ta’lim natijalari (TN)
TN1
O’rganishdan maqsad: konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi (KXYAT)ning asosiy holatlarini o’rganad, mashinasozlik chizmalaridagi asosiy shartliliklar va belgilashlar, buyumlarning chizmalarda tasvirlanishi, standartlashtirish tizimi, aksonometrik proektsiyalari va ularning turlari, kompyuterda turli buyumlar chizmalarini bajarish, aksonometrik proeksiyalarning barcha turlarini yasay olish, buyumlarning eskizi va ish chizmalarini tuza olish, o’quv jarayonini loyihalashtirishni bilishi va malaka hosil qilishi, talabalar mustaqil ishlarini ilmiy metodik jihatdan tashkil etish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
TN2
Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati konikmalariga ega bo`ladi
TN3
Fan bo`yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish konikmalariga ega bo`ladi
TN4
Berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘ladi.