FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili) yo`nalishi
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
22.106 –guruh talabasi Abdusaminova Shoiraxonning
psixologiya fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
2023-yil
Mavzu : Ong haqida tushuncha va uning xossalari
Reja :
1.Kirish qismi :
1.1.Ong haqida umumiy tushuncha
1.2.Ongning paydo bo`lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati
2.Asosiy qism :
2.1.Ongning tuzilishi
2.2.Ongning turlari tavsifi
3. Xulosa :
3.1.Ong shakllari yuzasidan psixologik mulohazalar
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlarning natijasi hisoblanadi. Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xosdir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi masalalardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan moʻjiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar safroni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va qarashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.
Hozirgi zamon fani ong materiyaning uzoq davom etgan evolyutsiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning, yaʼni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bo`lishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.
Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo’lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o’z to’dasidagi a'zolariga yaqqol holat bilan bog’liq bo’lgan, bevosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan "o’zining tili"da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farqli o’laroq nutq vositasida o’z qabiladoshlariga o’tmish , hozirgi davr va kelajak to’g’risida ma'lumot (axborot) berish hamda ijtimoiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish imkoniyatlari qayta qurildi, natijada odam miyasida atrof-muhhit timsollari, xususiyatlari aniqroq aks eta boshladi. Buning natijasida yakka hol shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo’lib bordi, shuningdek, uning uchun noma'lum hisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuniyatlari to’g’risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. His-tuyg’ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, hayajonga soluvchi nafosat timsollar yuzasidan zavqlanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga keldi, ularning mazmuni, ma'nosi, mohiyati bo’yicha o’ziga o’zi hisobat berish, ijobiy yoki salbiy ta'sir etishini baholash muammolarini keltirib chiqardi. Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi orasidagi farqi tafakkurda ham o’z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig’ida namoyon bo’ladi va muayyan shart-sharoitlar vujudga kelganida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sodda) tafakkur mavjud bo’lib, chamalash orqali mo’ljal olishga, favquloddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo’naltirilgandir. Hayvonlar, aniqrog’i maymunlar ayrim hollarda "qurol" yasash va undan muayyan masala hal etishda foydalanish hodisalari tajribalarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga tatbiq eta bilmagan. Holbuki,shunday ekan, hayvonlar idrok qilish ko’lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o’ta olmaydi, hatto bunday vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo’q. Hayvon yaqqollik, bevosita idrok qilishlikni quli bo’lsa, aksincha inson mavhum fikrlashning gultojisidir. Inson bilan hayvon o’rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi:
a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga o’tish imkoniyatiga ega; b) favquloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi eshtimol oqibatni oldindan payqash layoqati mavjud; d) qiyinchiliklar uchrasa, ularni yengish uchun qo’shimcha vositalar qo’llash, o’zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi.
Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa, inson uni sozlaydi, yomg’ir yog’sa, narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo’ysa, himoyalanish yo’l-yo’riqlarini o’ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, aksincha u kelajakni ko’ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldidan payqash, fe'l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish uquviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta'sirotga bo’ysunishni taqozo etadi. Shaxsni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga bevosita bog’liqlikdan uni xalos etadi. Inson bevosita muhim ta'siriga javob berish bilan qanoatlanib qolmasdan, balki uni kutayotgan ta'sirini ham bartaraf etish qurbiga egadir. Inson psixikasi bilan hayvon psixikasi o’rtasidagi birinchi farq- shaxsning o’zi anglagan qadriyatga binoan ongli xatti-harakat qilish qobiliyati mavjudligidir. Shaxsning hayvondan ikkinchi farqi- uning mehnat qurollarini yaratish va saqlashga layoqatli ekanligi bo’lib, oldindan tuzilgan reja bo’yicha ularni yasaydi va ulardan muayyan maqsadni amalga oshirishda foydalanadi hamda keyinchalik qo’llash niyatida asrab olib qo’yadi. Ulardan odamlar hamkorlikda foydalanadi, hamkorlik faoliyatida esa qurollar yaratiladi, o’zaro tajriba almashadi, bilimlarni boshqalarga uzatishadi, umumiy saviyaga vorislik tufayli yuksaladi. Inson psixikasining hayvondan yana bir farqli tomoni shundaki, uning ijtimoiy tajribaning boshqalarga uzluksiz ravishda uzatishida aks etadi. Tajribalarni instinktiv xatti-harakatlar tarzida o’zlashtirish hodisasi ham insonga, ham hayvonga xos odatdir, lekin shaxsiy tajribaga ko’ra ijtimoiy tajribaning ustuvorligi odamning ongli mavjudodga aylanishining asosiy manbai hisoblanadi. Shaxsning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy tajriba shakllantiradi, moddiy va ma'naviy qurollarni egallash natijasida unda yuksak insoniy funksiyalar (ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy diqqat, mavhum tafakkur) vujudga keladi va rivojlana boradi. Sub'ekt tomonidan kishilik dunyosida yaratilgan madaniy merosni o’zlashtirilishi, ayrim o’zgartirishlar kiritilishi uning kamolotiga sifat jihatidan yuksak bosqichni yuzaga keltiradi. Yuksak funksiyalar, nutqiy faoliyatning takomillashuvi, mehnatning hayotiy ehtiyojga aylanishi, ertangi hayot to’g’risida mulohazalar tug’ilishi ongning rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Shu bois inson bilan hayvon o’rtasidagi tafovut tajribaning vorislik funksiyasi kasb etishi bilan yakunlanadi. Jismoniy va aqliy faoliyat kundalik zaruratga aylanishi sababli ong bevosita nazorat funksiyasini bajara boshlaydi, shuningdek, jamiyat, jamoa, tabiat to’g’risidagi tasavvurlarini tushunishi, anglash ham uning tasarrufiga aylanadi. Borliq voqeliklarini bir tekis aks ettirish vositasi sifatida insonda his-tuyg’ular rivojlana boshlaydi. Inson bilan hayvonot olami orasidagi yana tafovut his-tuyg’ular orqali namoyon bo’ladi. Lekin atrof-muhitdagi o’zgarishlarga nisbatan befarqlik har ikkala toifadagi mavjudodlarda hukm surmaydi, biroq tashqi ta'sirlar ijobiy yoki salbiy hissiy qo’zg’atishni vujudga keltiradi. Emotsional holatlar hayvonlarda ustuvor rol o’ynaydi, o’zlarining ularga munosabatlarini bildiradi. Biroq, hayvonlardan farqli o’laroq odam o’zining yuksak his-tuyg’ulari(axloqiy, aqliy, nafosat) bilan jamiyatga va tabiatga nisbatan munosabatini bildiradi, jumladan, quvonch, g’am-g’ussa, mehr-muhabbat, achinish, hamdardlik, zavqlanish, faxrlanish, iftixor va boshqalar. Tabiat manzaralari, mehnat mahsuli, turmush lahzalari, ezgulik, armon insonni faolikka undaydi, har bir soniyadan maqsadga muvofiq foydalanish xohishlari motiv vazifasini bajarishga o’tadi. Yuksak his-tuyg’ular inson xulq-atvorining regulyatoriga aylanadi, undagi vijdon, uyat, mas'ullik esa qadriyat tariqasida xizmat qiladi. His-tuyg’ularni boshqarish, nazorat qilish onglilikni taqozo etadi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishni ta'minlashga yordam beradi. Agarda psixikaning taraqqiyoti biologik evolyusion qonunlar ta'siri bilan ro’y bergan bo’lsa, inson ongining rivojlanishi ijtimoiy tarixiy taraqqiyot qonunlari tufayli amalga oshgan. Hayvon bilan odam psixikasidagi yana bir tafovut ularni rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi va muhit, munosabat, ta'sir orqali aks etadi. Shaxslararo munosabatga kirishmasdan turib, yuksak shis-tuyg’ular shakllanmaydi, yuksak psixik funksiyalar rivojlanmaydi, inson shaxsi kamol topmaydi. Odam faqat ijtimoiy muhitda, shaxslararo munosabatda insoniy fazilatlarni egallab, til, aql, ong yordamida kamol topadi, xolos. Shunga qaramasdan, ong paydo bo’lishining biologik shart-sharoitlari mavjudligi to’g’risida mulohaza yuritish mumkin.
Ongning tuzilishi
1.Ongning tarkibi:
a)obrazni his qilish imkoniyati
b)borliqdagi narsalarning qadr qiymati
c)atrof –muhit obyektlarining ma`no kasb etishi
2.Ongning funksiyalari:
a)aks ettiruvchanligi
b)ijodiylikning vujudga keltiruvchanligi
c)baholanuvchanligi
d)boshqaruvchanligi
e)refleksivligi
f)ma`naviyligi
3.O`z –o`zini anglashning omillari
a)oilaviy muhit ta`siri
b)milliy muhit va milliy til vositalari
c)ma`rifiy,ma`naviy ,madaniy qurshov
d)maxsus hayotiy vaziyatlar va favqulodda hodisalar
4.Ongning xususiyatlari
a)reaktivligi
b)sezgirligi
c)refleksivligi
d)taraqqiyotning ixtiyorsizligi
e)polifonikligi
f)diologizmga moyilligi
5.Ongning xislatlari
a)borliq obyektlari va jamiyat subyektlari bilan munosabat o`rnatish
b)biosfera va nosfera hodisalarini anglash
c)tabiiy va ijtimoiy holatlar hamda hodisalarga hamdardlik
6.Ongning turlari
a)individual
b)guruhiy
c)jamoaviy
d)jamoaviy
e)etnik
f)milliy
g)ijtimoiy
Ongning tuzilishiga ma'lum bir munosabat kiradi muhit, odamlar va bundan dunyoning individual surati shakllanadi. Rivojlanayotgan munosabatlar, bilish va tajriba inson ongining bevosita jamiyat orqali rivojlanadigan xususiyatlaridir. Agar amalga oshirilsa sifat xususiyati ongning asosiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatishimiz mumkin:
*faoliyat- inson tomonidan dunyo hodisalarini ongli ravishda ahamiyati jihatidan idrok etishi;
*niyatlilik- ongli ravishda ko'zlangan maqsadlarni amalga oshirishga intilish yoki jalb qilish.
Psixologik ma`lumotlarga qaraganda , har qaysi individning ongi noyob , betakror ,ammo u ixtiyoriy emas ,chunki u birinchi navbatda maxsus tizimda hukm suruvchi tuzilish bilan unga bog`liq bo`lgan tashqi omillar hamda hech qanday aloqasi bo`lmagan omillar shartlangandir. Xuddi shu tufayli ongni tadqiq qilishning ikkita muhim qiyinchiligi mavjud :
a)barcha psixologik holatlar individning ko`z o`ngida shunday shunday namoyon bo`ladikim,bunda birinchidan ,ular qay tariqa anglashilmoqda (ongsizlikning roli qanchalik) ,ikkinchidan , anglash darajasiga yetkazishning maxsus tashqi va ichki mashqi natijasida inson tomonidan inson tomonidan anglashilinadi ,uchinchidan , bevositalikda ong funksiyasida yanglishlik vujudga keladi.
O`zini o`zi kuzatish natijalariga ko`ra ,ong o`zining yaqqol psixologik o`ziga xosligidan mahrumdir , chunki uning yagona alomati shundan iboratki, bunda unda uning sharofati bilan individ oldida ( u yoki bu aniqlik , ravshanlik darajasida ) yaqqol psixologik funksiyalar mohiyatini yuzaga keltiruvchi turli holatlar , hodisalar namoyon bo`ladi. Xuddi shu boisdan ong psixika hukm surishning sifatga ega bo`lmagan umumiy sharti (sharoiti) tariqasida talqin qilingan , buning natijasida majoziy belgilangan.
Jahon psixologiyasi fani konsepsiyasiyalarida aksariyat bu holatlarda ``ongning nuri``, ``ongning maydoni`` , hatto ``psixik funksiyalarning umumiy hokimi `` kabi tahlil etilgan, goho u qaysidir psixik funksiyalar bilan g`ayritabiiy ravishda ( qo`shimcha diqqat, tafakkur bilan) ayniylashtirilgan . Shu munosabat bilan birinchi gapda ongni yaqqol o`rganish , tekshirish to`g`risida umuman gap bo`lishi mumkin emas. Ikkinchi holda esa ushbu masala unga mutanosib funksiya bilan almashtiriladi. Bunday talqinlarning barchasi shunday fikrni tug`diradiki , go`yoki ong ilmiy psixologiya fani uchun shunchaki qayd qilinish, ya`ni funksiya xolos .(U.Jeyms)
Ongni tahlil qilishdagi ikkinchi qator psixik funksiyalar kabi tashqi fazoda lokalizatsiyalashmaydi;
b) ong psixik funksiyalardan farqli o`laroq vaqtni (zamonni, davrni) muayyan qismlarga ajrata olmaydi
Tadqiqotchilar ongni o`rganish uchun ommabop , sodda psixologik metodlarning qo`llaganliklari tufayli ma`lum tavsifini topa olmadilar, jumladan, vaqtning aniq birliklari yordamida uni o`lchash , muayyan vaqt oralig`ida ongni solishtirish. Adabiyotlar tahlilining ko`rsatishicha, ongni konstruktiv tarzda talqin qilishning muhim jabhasi K.I.Kant tomonidan ko`tarilgan ongning barqaror ,invariant tuzilishi va sxemasi mavjudligi , uzluksiz ravishda o`rin almashtirib turuvchi sensor oqim , axborotlar va uning muayyan darajada tashkil qilinuvchanligi to`g`risidagi yuksak g`oyasi hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida aylanib kelgan va bunda tabiiy-ilmiy materialistik yondashuv diniy nazariyalarga qarshi kurash olib borgan. Ong muammosining yechimida ilmiy dialektik materialistik ta’limot hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, bu borada Gegel g‘oyasiga e’tiroz muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ta’limotga binoan, ongning tuzilishi ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb etib, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida filogenetik tarzda, ustuvor individualistic hamkorlik jarayonida ijtimoiy ustuvor individualistik tuzilishning ta’sirida, eng avvalo, ishlab chiqarish amaliyoti negizida u shakllangandir. Ilmiy
dialektik ta’limotdan kelib chiqqan holda sobiq sho‘ro psixologiyasida ongning
ontogenezda shakllanishi to‘g‘risida umumlashgan ilmiy nazariya ishlab chiqilgan.
Umumlashgan nazariyaga binoan, individ ongining tuzilishi ontogenezning ilk
davrida bolaning kattalar bilan muomala (muloqot) qilish faoliyatida o‘zlashtirish
(egallash, o‘ziniki qilib olish, o‘z ma’naviy dunyosiga aylantirish jarayoni)ning
sharofati bilan shakllanadi. Bunday tarzdagi o‘zlashtirishning qat’iyatlik
imkoniyati filogenetik, tarixiy taraqqiyotning negizida ham mavjuddir. Predmetli
faoliyatning atributi bo‘lmish muomala, uning tuzilishi tarkibida aks etuvchi
quyidagi asosiy xususiyatlarga, xossalarga egadir: 1) ijtimoiy kelib chiqishi va
tuzilishi; 2) uning ijtimoiy reglamentatsiyasi; 3) ruhiy qurollar va alomatlar
bilvositaligida ifodalanishi; 4) ikki subyektning o‘zaro alohidaligi va betakrorligi;
5) obyektga yo‘nalganligi kabilar.
Shaxslararo munosabatda hamkorlik faoliyatining tuzilishi ong strukturasini vujudga keltirib, uning quyidagi asosiy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi:
a)ijtimoiy xususiyati, hatto simvolik va verbal tuzilishga ega bo‘lgan belgilar
bilvositalanganligini qamrab olinganligi;
b) refleksiyaga, ya’ni o‘zini o‘zi tushunishga nisbatan qobiliyatlilik;
v) ichki dialogizm, ya’ni ichki nutqqa, fikrlash mexanizmi negiziga qurilishi;
g) predmetlilik, ya’ni har qanday psixologik holat muayyan yaqqol tasvirlarga va alomatlarga ega bo‘lishligi va hokazo.
Madaniy-tarixiy yondashuvga koʻra, ongning oʻziga xos xususiyati shundaki, ijtimoiy-tarixiy amaliyot elementlari ob’ektiv voqelik va ong oʻrtasidagi oraliq boʻgʻin boʻlib, dunyo haqida ob’ektiv (umumiy qabul qilingan) gʻoyalarni shakllantirishga imkon beradi.
Ong psixologiyasi yaxlit yondashuv emas edi. Aksincha, bu psixologiyaning „toʻgʻridan-toʻgʻri tajriba“ fani sifatida qarashda umumiy mavzu va kelishuv bilan birlashtirilgan bir nechta tadqiqot paradigmalarining yigʻindisi edi (V. Vundt).
Dostları ilə paylaş: |