O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga
ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais
o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va
uning faoliyati
tartibi qonun bilan belgilanadi.
136-modda.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga
har qanday tarzda
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab
bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga,
uning vakolatlarini
bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga
faqat qonunda
belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki
tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi
mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi,
shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa
faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: