Farg'ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Pediatriya ishi yo'nalishi 26. 21guruh talabasi Xomidova Manzuraning Biokimyo fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


ATEROSKLEROZNING ALOMATLARI VA BELGILARI



Yüklə 8,18 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü8,18 Kb.
#197540
1   2   3
biokim.must.ish

ATEROSKLEROZNING ALOMATLARI VA BELGILARI
Ateroskleroz tizimli kasallik bo’lib, u odatda organizmning barcha asosiy qon tomirlariga ta’sir qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, alomatlari ham har xil bo’ladi. Asosan yurak, miya, oyoqlar aziyat chekadi. Alomatlari o’ziga xosdir, ammo aterosklerozni qo’shimcha usullarsiz ham tashxislasa bo’ladigan darajada ravshan namoyon bo’lmaydi.
Uning belgilari qaysi a’zo qon aylanishi yetishmovchiligidan ko’proq aziyat chekayotganiga bog’liq. Har qanday ateroskleroz shaklida ikki simptomatik davr farqlanadi. Klinikgacha davrda jarayon endi boshlanayotgan bo’ladi, shuning uchun kasallikning muayyan ko’rinishi kuzatilmaydi.
YURAK
Yurakdagi og’riq 75% holatlarda namoyon bo’ladi. Ateroskleroz toj tomirlarga ta’sir qiladi va miokardga kislorod va ozuqa moddalari borishini yomonlashtiradi. Yurak oziqlanish intensivligining o’zgarishiga o’ta sezgir bo’lgan organlardan biridir. Bu hususiyat bo’yicha faqat miya undan ustun turadi. Kasallik alomatlari darhol rivojlanadi, bemorning his-tuyg’ularini to’g’ri talqin qilish muhimdir.
Yurakda normal qon aylanishining buzilishi stenokardik sindrom bilan namoyon bo’ladi. Alomatlar davriy ro’y beradi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
  • Ko’krak sohasidagi og’riq. Bosadigan, o’tmas, kuchayib-so’nadigan yoki yonish hissi kabi bo’ladi (bu ishemik jarayon uchun xos alomatlar). Og’riq kurak, chap yelka, bilak va barmoqlarga tarqaladi (qon aylanish tizimining butun uzunligi bo’ylab);
  • Ko’krak qafasida bosim hissi (go’yoki ko’krak qafasiga og’ir yuk qo’yilgandek);
  • Nafas olish paytida og’riqli hislar (nafas chiqarishda ham);
  • Nafas olish buzilishlari.



ATEROSKLEROZNING SABABLARI
Ateroskleroz rivojlanishining sabablari yuqori qon bosimi, chekish, qandli diabet, qondagi yuqori xolesterin miqdori kabi omillardir. Ammo aterosklerozning asosiy sababi — xolesterin almashinuvining buzilishidir. Aterosklerozning shakllanishi tabiiy jarayon bo’lib, u 10-15 yoshdan boshlanadi. Yosh o’tishi bilan uning shakllanishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin.

Yüklə 8,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin