Farg’ona politexnika instituti “Arxitektura va Qurilish” fakulteti 94-21 guruh talabasi Hasanov Boburbekning


Ish haqiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar



Yüklə 64,45 Kb.
səhifə4/5
tarix22.05.2023
ölçüsü64,45 Kb.
#119415
1   2   3   4   5
Biznes

Ish haqiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar

  • Ish haqiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va boshqalar) va bozordan tashqari omillar taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida mehnatga haq toʻlashning muayyan darajasi vujudga keladi.
  • Rivojlangan mamlakatlarda ish haqini tashkil etish (ish haqi miqdori, mehnat miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan haq miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi va boshqalar) va tartibga solishda davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan ish haqini tashkil etish va tartibga solishning markazlashgan davlat tizimi va markazlashmagan tizimi qaror topgan. Ish haqini tartibga solishning markazlashmagan tizimi xususiy mulk egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda kasaba uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi.
  • Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.
  • Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar ish haqini tashkil qilishda foydalanishi uchun tavsiya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.
  • Oʻzbekistonda dastlab 1993-yil 1-yanvardan 28 ish haqi razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-yil 1-sentabrda esa ish haqi razryadlari 22 ta va 0—22 ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat tafovutlariga baho berishga yagona yondoshuvni taʼminlaydi.
  • Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: 1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi miqdori) belgilanadi. Inflyatsiya jarayonida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi; 2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toifalari uchun oʻrtacha ish haqining ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi; 3) ish haqining oʻrtacha ortib borishiga qarab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori ish haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imkonini beradi.
  • Yollanma xodimlar ish haqini davlat yoʻli bilan tartibga solish aholining eng kam taʼminlangan qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va boshqalarni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real ish haqining pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 64,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin