Yopiq omborlar qimmatbaho yoki ochiq havoda buziladigan materiallar – tsement, ohak, gips, fanera, mixlar va boshqalarni asrashga mo’ljallangan. Ular yer ostida va yer ustida, bir qavatli va ko’pqavatli, isitiladigan va isitilmaydigan bo’lishi mumkin.
Ayvonlar – yarim yopiq omborlar harorat o’zgarishi va havoni namligidan o’z xususiyatlarini o’zgartirmaydigan materiallarni, ammo quyosh nuri va atmosfera yog’inlaridan himoyalanishi kerak bo’lgan – yog’och mahsulotlari , asbestotsement, ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi materiallarni asrash uchun quriladi .
Ochiq omborlar atmosfera ta’siridan himoya talab qilmaydigan materiallar − g’isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va boshqa materiallarni asrash uchun mo’ljallangan. Odatda omborlar, ob’ektda xizmat qilayotgan montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan bush vaqtda yoki montaj bo’lmayotgan smenada ob’ektga kelayotgan yuklarni tushirish imkonini beradi. Montaj jarayonlarida ortish-tushirish ishlari uchun yengil o’ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir.
14. Umummaydon bosh qurilish plani haqida ma’lumot bering.
Umummaydon bosh qurilish plani QTEL tarkibiga kirib, loyiha tashkiloti tomonidan bosh pudratchi uchun ishlab chiqiladi va unda kompleksga kiruvchi ob’ektlarni qurilish plani va qurilish maydonida vaqtinchalik bino va inshootlarning, doimiy va vaqtinchalik kommunikatsiyalarini joylashtirilishi ko’rsatiladi. Umummaydon qurilish plani qurilishni tayyorlov va asosiy davrlari uchun yoki variant sifatida tayyorlov davri ob’ektlarini ajratib olgan holda qurilishni asosiy davri uchun loyihalanishi mumkin.
U bosh plan kabi masshtabda ishlab chiqiladi va unda doimiy va vaqtinchalik binolarning ro’yxati keltiriladi. Tushuntirish xatida barcha kerakli hisoblar va qurilish bosh planini asoslovchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan birgalikda qurilish va foydalanish davridagi suv, energetik manbaalarga bo’lgan ehtiyoj hisoblari beriladi.
15. Obyektning qurilish bosh plani.
Ob’ektning qurilish bosh plani IBLning tarkibiy qismi bo’lib, yuqori darajada aniqlashtirilib, qurilish tashkiloti tomonidan yoki uning buyurtmasi asosida institutlar tomonidan ishlab chiqiladi. Alohida ob’ektning qurilish bosh planida umummaydon bosh qurilish planida qabul qilingan qarorlarga aniqliklar kiritiladi. Alohida ob’ektning qurilish bosh plani qurilishni bir necha bosqichlari uchun yaratilishi mumkin: tayyorlov davri, “nol tsikli “ ishlari, montaj tsikli, pardozlash va tomyopma ishlari.
16. Qurilish bosh plani tarkibi haqida tushuncha bering.
Qurilish bosh plani (QBP), u o’z ichiga oladi:
• qurilish maydonining chegarasi va uni to’sish devorining turlari;
• doimiy va vaqtinchalik tarmoqlar va kommunikatsiyalar;
• doimiy va vaqtinchalik yo’llar;
•transport vositalarini va qurilish mexanizmlarini harakat sxemalari;
• qurilish mashinalari va yuk ko’tarish mexanizmlarining ularning harakat yo’llari va ta’sir zonasini ko’rsatish bilan o’rnatilish joylari, ;
• quriladigan hamda vaqtinchalik bino va inshootlar;
• avtotransportni yuvish zonasi;
• maishiy xonalar joylashuvi;
• ishchilarni harakat yo’li, bino va inshootga kirish yo’lkalari;
• qurilish maydonining elektr ta’minoti va yoritish manbaalari;
• material va konstruktsiyalarni joylashtirish maydonlari va asrash binolari;
• yong’inga qarshi joylashtirilgan suv quvurlari va gidrantlar;
• konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonlari;
• qo’riqchilarni nazorat-o’tkazish punktlari.
17. Qurilish bosh planini loyihalashning asosiy qoidalari.
Qurilish bosh planini loyihalashning asosiy qoidalari:
1. Qurilish bosh planida qabul qilingan qarorlar bosh plan va KTEL (IBL)ning bo’limlari bilan muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak.
2. Qabul qilingan belgilashlar amaldagi normativ hujjatlarga mos kelishi kerak.
3. Qurilish bosh planining barcha ob’ektlari qurilish uchun ajratilgan maydonda oqilona joylashtirilgan bo’lishi kerak.
4. Yuk va inson oqimlarini oqilona tashkil etish mo’ljallangan bo’lishi kerak;
5. Vaqtinchalik bino va qurilmalar qurilishga muljallanmagan territoriyada joylashtiriladi va ular qurilish tugaguniga qadar turadi.
6. Vaqtinchalik qurilish hajmi doimiy binolar, yo’llar va yer osti komunikatsiyalaridan foydalanish hisobiga minimalь bo’lishi kerak.
7. Vaqtinchalik binolar uchun yig’iladigan va bo’laklarga ajratiladigan inventarь ko’chma vagoncha va konteynerlardan foydalanish kerak.
8. Yig’ma konstruktsiyalar va ko’p foydalaniladigan materiallar uchun omborlarni ular ko’p ishlatiladigan joyga yaqin joylashtirish kerak.
9. Kranlarni joylashtirilishi barcha qurilish montaj ishlarini qabul qilingan texnologiya asosida va qurilish grafigiga amal qilgan holda bajarilishini kafolatlashi kerak.
10. Ob’ekt qoshidagi omborlar kranlar ishlaydigan zonada va
bevosita yo’lga yaqin bo’lishi lozim.
11. Begonalar kirmasligi uchun qurilish maydoni to’silgan bo’lishi kerak.
12. Sanitar va ekologik normalarga amal qilgan holda, ishlarni xavfsiz va zararsiz bajarilishini ta’minlash zarur.
13. Yong’inga qarshi xavfsizlik, yo’llar, yo’lkalar, va ish joylarini yoritish kafolatlangan bo’lishi kerak.
18. Nol sikldagi ishlar tarkibi haqida ma’lumot bering.
Nolь tsiklidagi ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
• kotlovanni kavlab, asosini fundament (poydevor) uchun tozalash;
• suvni chiqarish va suv satxini kamaytirish;
• binoning yerosti qismini montaj qilish uchun tayyorgarlik ishlari – o’ziyurar kran uchun kuchaytirilgan asosni qurish;
• kovlangan kotlovanda poydevorlar o’qlarini rejalash;
• binoning yer osti qismini, shu jumladan poydevorni, poydevor to’sinlarini, yerto’la devorlarini montaj qilish;
• vodoprovod, kanalizatsiya, gazoprovod, issiqlik tarmog’i,suv oqib chiqishi, drenaj kanalizatsiyasi, telefon va elektrokabellarning yerosti kommunikatsiyalarini o’tkazish;
• pol qurish uchun betonli asosni tayyorlash;
• binoning yerosti qismi ustidan orayopmani montaj qilish;
• poydevorlar va yerto’la devorlarini gidroizolyatsiyalash;
• quyinlarga gruntni zichlashtirib qayta tukish;
• binoning yer ustki qismini montaj qilishga tayyorgarlik ishlari – kranosti yo’llarini kuchaytirilgan asosga o’rnatish va minorali kranni montaj qilish.
Nolь tsikli ishlari gruntqa ishlov berish texnologiyalariga va yer inshootlarining turli xildagi, shakldagi va kunduzgi sirtga nisbatan joylashgan turlariga asoslanadi. Mazkur darslikda bu texnologiyalar mufassal ko’rib chiqilmaydi, chunki u avvalgi “Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursida ancha katta hajmni egallaydi.
19. Kotlovan qazish va asos (zamin)ni tayyorlash.
Kotlovanni qazishni turli xildagi ekskavatorlar bilan panduslar va ularsiz qurish yo’li bilan amalga oshiriladi. Asosga bo’lishi mumkin bo’lgan katta yuklanishlarda kotlovanlarni zichlashtirish amalga oshiriladi, bunda gruntga massasi 15 t gacha bo’lgan trambovka 4 ... 8 m balandlikdan tashlanadi.
Odatda kotlovanni oxirigacha qazib bitkazmaslik 15 ... 30 sm ni tashkil etadi. Bu grunt qatlamini bulьdozer, qirg’ich, rejalagich yoki dastaki usulida olib tashlash mumkin.
Asos (zamin)ni tayyorlash. Poydevorlarni montaj qilish faqat tayyorlangan asos qabul qilingandan keyingina boshlanadi, xususan:
1. Yerli asos qumli gruntlarda tozalash yo’li bilan yoki agar poydevorlar boshqa gruntlarda barpo etiladigan bo’lsa, qum to’kish yo’li bilan tekislanadi. Qum tashlangan qatlam qalinligi kamida 5 sm va 15 sm dan ortiq bo’lmasligi kerak. Balchiq aralashmagan yoki chang zarrachalari bo’lmagan yirik qum qo’llaniladi. Qum bo’lajak poydevorlardan tashqari chet joylarga ham sepiladi: har bir tomondan kamida 10 sm.
2. Yer osti suvlari yoki atmosfera yog’inlari bilan juda kuchsizlantirilgan grunt 5...8 sm qalinlikdagi tosh yoki shag’al qatlami bilan zichlashtiriladi, trambovkalanadi, ustidan qalinligi kamida 3 sm bo’lgan kuchsiz betondan asos quriladi.
3. Yer osti suvlari satxi baland bo’lganligi munosabati bilan suvga to’yingan asos qalinligi 8...10 sm bo’lgan tosh yoki shag’al bilan zichlanadi, unga gudron quyilgandan so’ng (neftdan yonilg’i va moy fraktsiyalarini haydab olingandan so’ng qolgan qoldiq) 2...5 sm qalinlikda asfalьt beton aralashmasi yotkiziladi. Ustidan temirbeton poydevor plita ko’rinishidagi asos quriladi.
Qumli yoki betonli tayyorgarlik inshootdan yer asosiga yuklanishini bir tekis uzatilishini ta’minlaydi.
20. Binoning yer ostki qismini montaj qilish.
Binoning yerosti qismi montajining xususiyatlari. Binoning yer osti qismini montaj qilish uchun binoning yer usti qismini barpo etish uchun loyihalashtirilgan pnevmog’ildirakli, avtomobilь, gusenitsali kranlardan, kran-nuleviklar va minorali kranlardan foydalanish mumkin.
Ishlarning asosiy xususiyatlari:
er ishlari bilan bog’lash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun kotlovan chetida xarakatlanish uchun yetarlicha keng joy qoldiriladi;
tuproqni qayta to’kib to’ldirish va qatlam – qatlam bo’yicha zichlashtirishning puxtaligi, chunki tuproqni qayta to’ldirish zonalarida ko’pincha joylashtiriladigan kranosti yo’llarining mustaxkamligini kafolatlash zarur.
Agar binoning yer usti qismini montaj qilishda minorali krandan foydalanish nazarda tutilgan bo’lsa, u bilan yer osti qismini ham montaj qilish mumkin. Bu holda kran osti yo’llari va kranning o’zini montaj qilishni poydevorlarni yotqizish boshlangunga qadar tugallash zarur. Agar kotlovanning chuqurligi katta bo’lsa va kranning kotlovan cheti bo’ylab harakatlanishda yonbag’irning mustahkamligi buzilishi mumkin bo’lsa, u holda montaj ishlarini bir nuqtadan va strela qulochi uzunligida olib borish maqsadga muvofiq.
21. Binoning yer ostki qismini montajining xususiyatlari.
. Binoning yer osti qismini montaj qilish uchun binoning yer usti qismini barpo etish uchun loyihalashtirilgan pnevmog’ildirakli, avtomobilь, gusenitsali kranlardan, kran-nuleviklar va minorali kranlardan foydalanish mumkin.
Ishlarning asosiy xususiyatlari:
er ishlari bilan bog’lash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun kotlovan chetida xarakatlanish uchun yetarlicha keng joy qoldiriladi;
tuproqni qayta to’kib to’ldirish va qatlam – qatlam bo’yicha zichlashtirishning puxtaligi, chunki tuproqni qayta to’ldirish zonalarida ko’pincha joylashtiriladigan kranosti yo’llarining mustaxkamligini kafolatlash zarur.
22. Obnoska nima? Uning turlari.
Obnoskalarni tuzilishi, o’qlarni mahkamlash (5.1-rasm). Qurilish obnoskasi bino o’qlarini rejalashtirish , kotlovan konturlarini aniqlash va ularni joyida mahkamlash uchun xizmat qiladi. U bino perimetri bo’ylab uzluksiz va uzlukli bo’lishi mumkin. Uzlukli obnoska ob’ektdagi qurilish mashinalari va transport vositalari harakatini qiyinlashtirmaganligi uchun ma’qulroqdir.
Obnoska geodezik instrumentlar yordamida binoni tashqi konturini hosil qiluvchi asosiy o’qlarga parallel holda va qurilish jarayonida ularni o’zgarmasligini ta’minlovchi masofada o’rnatiladi.
Obnoska bir-biridan 3 m masofada gruntga qoqilgan ustunlar karkasidan iborat. Tashqi tarafdan kamida uchta ustunga qalinligi 40...50 mm kesilgan taxtalar qoqiladi.
Obnoskani ma’qul balandligi 0.5...1.2 m. Konstruktiv jihatdan obnoska yog’ochdan yoki metalldan bo’lishi mumkin. Metall obnoskani afzallik tomoni ishda qo’layligi, yengil demontaj qilinishi va ko’p marta foydalanish mumkinligi.
23. Tayyorlov davri ishlari haqida ma’lumot bering.
TAYYoRLOV DAVRI ISHLARI
Bino va inshootlar qurilishidan oldin uchun qurilish maydonini tayyorlash bir qator ishlarini bajarish kerak. Fuqaro va sanoat qurilishi uchun ishlar tarkibi umumiy xarakterga ega, ammo maydonning mahalliy sharoiti, uning ochiq erkin yoki shaharning tig’iz territoriyasida joylashganligi va yilning fasliga bog’liq. Tayyorlov ishlarining tarkibi ob’ektni – yangi qurilish, kengaytirish, qayta qurish va boshqalar kabi xususiyatlariga bog’liq.
Tayyorlov ishlari tarkibiga kiradi:
• muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini yaratish;
• territoryani tozalash va tekislash;
• yer usti va grunt suvlarini qaytarish;
• maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash.
24. Grunt ichida devor texnologiyasi haqida tushuncha bering.
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, gruntda planda turli xil shaklga ega bo’lgan qazilmalar va transheyalar barpo etilib, ular ustiga monolit yoki yig’ma temir betondan iborat yer osti inshootining to’suvchi konstruktsiyalari barpo etiladi, so’ngra bu konstruktsiyalar himoyasida ichki gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi va ichki konstruktsiyalari barpo etiladi.
Mamlakatimiz amaliyotida “grunt ichidagi devor” usulining bir qancha turlari qo’llaniladi:
qoziqli, bunda to’suvchi konstruktsiyalar burg’ulab to’ldirilgan vertikal qator qoziqlardan tashkil topadi;
transheyali, monolit betondan yoki yig’ma temirbeton elementlardan zich devor tarzida ishlanadi.
“Grunt ichidagi devor” texnologiyasidan foydalanib, quyidagilarni barpo etish mumkin:
• filьtrlashga qarshi to’siqlar;
• yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun;
• yerosti garajlari, avtomobilь yo’llaridan o’tish yo’llari va kesishmalar;
• suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar;
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari.
25. Tushuriladigon quduq usuli haqida ma’lumot bering.
26. Katta oraliqli binolarni montaj qilishning o‘ziga hos xususiyatari.
Katta oraliqli binolar va inshootlarni montaj qilish quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
• binolarning karkaslari po’lat, yig’ma temirbeton va aralash konstruktsiyalardan tayyorlanishi mumkin: ustunlar – temirbetondan, devor panellari – bir yoki ko’p qatlamli, kran osti to’sinlari, fermalar, bog’lamalar va po’lat – ustyopma elementlari;
• binoning o’lchamlari odatda montaj qiluvchi kranlarning ta’sir ko’rsatish doirasidan ortiq bo’ladi;
• bir qator konstruktsiyalar – katta balandlikdagi va massadagi ustunlar, kuchli kran osti to’sinlari, katta oraliqli fermalar, ustyopmaning hajmdor elementlarini – qismlab yoki bir nechta krandan foydalanib montaj qilishga to’g’ri keladi;
• binoni montaj qilishni texnologik qurilmani(jihozlar) o’rnatish bilan bog’lash zarur.
27. Konstruksiyalarni oldindan yiriklashtirish.
Konstruktsiyalarni oldindan yiriklashtirish. Oldindan yiriklashtirish darajasiga bog’liq holda quyidagilarga ajratiladi:
• alohida konstruktiv elementlar bilan montaj qilish;
• oldindan yiriklashtirilgan yassi va hajmiy bloklar bilan montaj qilish;
• kompleks bloklarni muhandislik va texnologik jihozlari o’rnatilgan va mahkamlangan elementlari bilan montaj qilish.
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalarda karkasning asosiy elementlari – ustunlar va fermalari juda kamdan – kam hollarda yiriklashtiriladi. Ko’pincha metall elementlar – kran osti to’sinlari, ustunlar, deraza panjaralari, bog’lamalar, fonar konstruktsiyalari, kompleks yiriklashtirilgan bloklar – metall ko’taruvchi konstruktsiyali va samarali yengillashtirilgan ustyopmali (tomli) qoplama bloklari yiriklashtiriladi.
Konstruktsiyalarni rulonlashtirish usuli – metall listli konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ishning bir turi bo’lib metall konstruktsiyalarni tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Bu usul rezervuarlarni, gazgolьderlarni, oziq-ovqat va kimyo sanoati tsilindrik idishlarini (sig’imlarini) montaj qilishda qo’llaniladi.чё
28. Kotta oraliqli binolar konstruksiyasini montaj qilish usullarini va montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari.
Katta oraliqli binolar konstruktsiyasini montaj qilish usullarini va montaj qilishni tashkil etishni tanlashning asosiy mezonlari:
• montaj ishlari hajmi;
• binoning hajmiy – rejaviy va konstruktiv yechimlari;
• montaj qilishning va umuman binoni barpo qilishning belgilangan muddatlari;
• montaj mexanizmlarining mavjud parki.
Turli xil binolarning konstruktsiyalarini montaj qilish usullari quyidagilarga bog’liq holda ajratiladi:
• qo’llaniladigan ko’tarish – montaj qilish jihozlariga qarab – kranli va kransiz usullar;
• montaj qilish oldidan elementlarni bloklarga yiriklashtirish darajasiga qarab – elementlab, yirik blokli montaj konveyerli yig’ish, rulonlash;
• elementlarni loyiha holatiga o’rnatish ketma – ketligi bo’yicha;
• yassi va fazoviy montaj va texnologik bloklarni loyiha holatiga o’rnatish ketma – ketligi bo’yicha;
• montaj qilishda kranning bino bo’ylab va ko’ndalangiga harakatlanishi;
• elementlarni tayanchga keltirish va o’rnatish usullari;
• konstruktsiyalarni vertikal bo’yicha yig’ish ketma – ketliklari;
• montaj qilish jarayonida binolar, inshootlar va konstruktsiyalar ishlashining konstruktiv xususiyatlari;
• ob’ektni barpo etish yo’nalishlariga qarab – surish, vertikal ko’tarish, burish usullari.
29. Ko‘tarish va montaj qilish jihozlari.
Ko’tarish - montaj qilish jihozlari uchta asosiy guruhga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: |