Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari
Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi.
Raqamli iqtisodiyotning paydo bo’lishi
Raqamli iqtisod va elektron hukumat
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida
chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The
Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida
alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning
asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo’tkazgichlar,
protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog’lovchi infratuzilmalar
(internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko’rsatiladi.
Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi
hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o’rni bilan
tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga xos tushuncha bo’lib,
uning o’rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan
rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o’z rivojlanishining
boshlang’ich davrida bo’lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o’tishi