Farg‘ona Politexnika instituti


Raqamli iqtisodiyot: taraqqiyot sari qisqa yo'l



Yüklə 10,51 Kb.
səhifə4/5
tarix10.03.2023
ölçüsü10,51 Kb.
#87262
1   2   3   4   5
Mavzu Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari va xorijiy davlatla-fayllar.org

Raqamli iqtisodiyot: taraqqiyot sari qisqa yo'l


  • Bashariyat iqtisodiyot tarmoqlari o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.

  • Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi.

Mamlakatimiz va jahon

Turli tadqiqotlar natijalari bo’yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog’i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo’shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog’liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo’shma

Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to’g’ri keladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020-yil 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag’ishlangan tadbirda keltirgan statistik

ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotningyalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi.O’zbekistonda

bu ko’rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Digital economy

YAIM 30 foizga oshadi


  • YAIM 30 foizga oshadi

  • — Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi, — deydi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor TULYAKOV. — Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻlsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim, qurilish, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida oʻzining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat oʻz fuqarolari uchun elektron xizmatlar koʻrsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.

  • Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini taʼminlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Yüklə 10,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin