Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3-martdagi ,,O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo’rlik,o’g’irliklar va boshqa suiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to’g’risida’’gi;
1994-yil 1-maydagi ,,Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya,reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko’rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to’g’risida’’gi
1997-yil 28-maydagi ,,Korrupsiya,reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to’g’risida’’gi qarorlari qabul qilindi.
Korrupsiya-shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi,xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim qilish.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki,korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib,unga qarshi kurashish uchun aholimiz va biz yoshlar huquqiy savodxonligimizni oshirish ,qonunga hurmatni shakllantirish va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.