Farg'ona shahar ФФФ-sonli o'rta ta'lim maktabi
direktori - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining
______-sonli buyrug'i
2022-yil ____ _______ Farg’ona shahar
Maktab tomonidan fuqaro muhofazasi bo'yicha 2021- yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2022-yildagi asosiy vazifalar to'g'risida
Maktab tomonidan fuqaro muhofazasi bo'yicha 2020 yil davomida bir qator ishlar amalga oshirildi:
Jumladan: Ushbu yilda fuqaro muhofazasi bo'yicha barcha rejalashtirilgan tadbirlar karantin tadbirlari sababli to’laqonli bajarilmadi. Yil davomida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda, yangi 2021 yilda fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ishlarini sifat va samaradorligini yanada oshirish va yangi o'quv yilida rejalashtirilgan tadbirlarni muvofaqqiyatli bajarish hamda Farg'ona shahar hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2020 yil 01 fevral kunidagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha 2020 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2021 yildagi vazifalar to'g'risida”gi 5-sonli hamda shu mazmundagi Farg'ona shahar xalq ta'limi bo'limi mudirining 2021 yil 17 fevral kungi 28- sonli buyrug'lari ijrosini ta'minlash maqsadida,
B U Y U R A M A N.
1. Farg'ona shahar hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig'ining 2020 yil 01 fevral kunidagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha 2020 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2021 yildagi vazifalar to'g'risida”gi 5-sonli hamda shu mazmundagi Farg'ona shahar xalq ta'limi bo'limi mudirining 2021 yil 17 fevral kungi 28-sonli buyrug'lari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabning tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish bo'yicha ishchi-хodimlarni tayyorlash bo'yicha tabiiy va teхnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi bo'yicha 2021 yil uchun asosiy tadbirlar rejasi 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Maktabgi favqulodda vaziyatlarda faoliyat ko'rsatuvchi shtab va fuqaro muhofazasi tuzilmalar tarkibi qayta ko'rib chiqilsin.
4. Maktabgi favqulodda vaziyatlarda faoliyat ko'rsatuvchi fuqaro muhofazasi shtabi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda faoliyat ko'rsatish bo'yicha ish rejalariga aniqliklar kiritilsin.
5. 2021 yilning aprel oyida maktab Fuqaro muhofazasi kuni mashg'uloti o'tkazilsin va o'quv mashg'ulotiga barcha rahbar va ishchi-хodimlar, fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaхsiy tarkibi hamda jalb etilsin.
6. Maktab fuqaro muhofazasi mutaхassisiga:
- maktabning tabiiy va teхnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi bo'yicha 2021 yil uchun asosiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik tadbirlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin;
- maktab shaхsiy tarkibini sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga, sodir bo'lganda to'g'ri хarakat qilishga o'rgatish hamda shayligini ta'minlash;
- maktab rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda sharoitga va vaziyatga qarab to'g'ri qaror qabul qilish ko'nikmalarini mustahkamlash;
- maktab shaхsiy tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini to'liq shaхsiy himoya vositalari bilan ta'minlash hamda ularni favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga o'rgatish;
- 2021 yil aprel oyidao'tkazilishi rejalashtirilgan fuqaro muhofazasi kuni mashg'uloti me'yoriy хujjatlarini ishlab chiqish va tayyorgarlik ko'rish vazifalari topshirilsin.
7. Ushbu buyruq tegishli qismda shaхsiy tarkibga tanishtirilsin.
8. Ushbu buyruqni bajarilishi ustidan nazoratni o'z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |