Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani 20- IDUM _____ sinfning past o`zlashtiruvchi o’quvchisi To’xtasinov Navro’zbekka
TAVSIFNOMA To’xtasinov Navro’zbek tabiatan yuvosh, kamgap, uyatchan va o’z fikrini bildirishga uyaladi.U matematikaga qiziqadi va tengdoshlariga havas qiladi, lekin o’zi bir oz qiynaladi. Men bu o’quvchi bilan alohida shug’ullandim, o’zlashtira olmagan mavzular bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar berdim, testlar oldim. matematikani rivojlantirish uchun misollardan va turli xil elektron darsliklardan foydalandim. Yana ham darsga qiziqtirish uchun shu fan bo’yicha yaratilgan multi-medialar va qiziqarli ma’lumotlardan foydalandim. Shuningdek u darsdan so’ng matematika to’garagiga qatnashdi. Men ushbu malakaviy amaliyotim davomida uni faol o’quvchilar qatoriga kirgizishga harakat qildim. Olib borgan harakatlarim ijobiy natija bera boshladi. Chunki u endi matematika fanidan uyga berilgan vazifalarni o’zi mustaqil bajara boshladi va u so’zlarni yod olish ko’nikmasiga hamda to’g’ri talaffuz etish qoidalariga rioya qila boshladi.
Bundan keyin ham past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan shu tarzda shug’ullanishga harakat qilaman. Men o'ylaymanki, To’xtasinov Navro’zbekkelajakdao’z kasbining mohir ustasi bo'lib yetishadi.