Ne mahzun xotirimgʻa vasli mumkin,
Ne hajrida oʻtum bir lahza sokin.
Bor erdi dard qotil, ishq bebok,
Bulardin tundroq ma’shuqi cholok.
Vafosiz, tab’siz noahl ango xush,
Vafo ahli bila bittab’ noxush.
Malak xayli yesa ashkim uchun rashk,
Toʻkubon ul rari har dev uchun ashk.
Sirishkim ishqida gavhar shamoyil,
Vale ul badguharlar sori moyil.
Netay, ming zebu ziynat birla tovus
Ki, boʻlgʻay hamnishini bumi manhus.
Bir oykim boʻlgʻay ul solib manga dard,
Jahonraymou harjoiyu shabgard.
Manga aylab gʻamu mehnatni munis,
Oʻzi har uyda boʻlgʻay sham’i majlis.
Olib anjum kibi sabru qarorim,
Qaro aylab kechadek roʻzgorim.
Chu mundoq necha mushkil uzra mushkil,
Manga yuzlandi tahqiq oʻldi hosil.
Ki, gar hikmat bila fikri mufidi
Qilinmas, yoʻqturur jondin umidi.
Koʻngul ishq ahligʻa ming rora xushtur,
Chu ma’shuq ahl emastur, chora xushtur.
Bu gʻamdin menda qolmay aqlu hushe,
Bu nav’ etti nido nogah surushe
(5)
Ki, ey kunji malolatning xumuli,
Tushub dardu balo koʻnglung qabuli.
Chu sen mundin burun xomang qilib tez,
Suman bargini qilding sunbulomez,
Nechukkim Xizr zulmatdin nihoni,
Ulusqa sochting obi zindagoni.
Yasoding ravzai zarkor tarhin,
Chiqording «Hayrat ul-abror» tarhin
(6)
.
Xaloyiqqa sochib durri saminlar,
Maloyikdin eshitting ofarinlar.
Agarchi ayturida ranj torting,
Vale koʻrkim ne yangligʻ ganj torting.
Necha kun kimsa koʻrgan birla ranji,
Kiyursa ilgiga ul nav’ ganji.
Ki, boʻlgʻay anda yuz ming durri raxshon,
Duri raxshon kibi la’li Badaxshon.
Qizil oltun sarigʻ zirnixdin kam,
Kumush qadri qaro turrogʻdin ham.
Qoʻyub muncha nuqudu ganji shohi
(7)
Ki, andin yorubon mah to ba mohi.
Topib bir qalb siymu aylabon but,
Anga yoʻq toshu dur ichra tafovut.
Debon gohi buti siyminbar oni,
Zamone lu’bati mahraykar oni.
Uyolmay Haqdin aylab qiblagohing,
Oʻtub aflokdin ishqida ohing.