Aning, chun bor edi ollinda koʻp ranj,
Tarab ayyomi ham erdi alamsanj.
Qachonkim aylabon ishratqa ohang,
Dame noʻsh aylamakka jomi gulrang.
Nishot ahli boʻlub har yon navosoz,
Nishotangez doston aylab ogʻoz.
Surudikim ulusni xurram aylab,
Aning xurramligʻin dardu gʻam aylab.
Ne doston ichra mazkur oʻlsa Majnun.
Aning koʻngli boʻlub albatta mahzun.
Ne alhon boʻlsa bir gʻamdin rivoyat.
Boʻlub bu gʻamdin ul gʻamgin bagʻoyat.
Eshitgach ishqu oshiqliq surudin,
Tiya olmay koʻzidin ikki rudin.
Boʻlub Xoqon aning holidin ogoh,
Tafakkur aylabon tortib sovugʻ oh
Ki, nevchun doyim ul shod ermas erkingʻ
Hamisha gʻamdin ozod ermas erkingʻ
Ne erkin ohu afgʻonigʻa bois,
Ne qaygʻu ashki gʻaltonigʻa bois.
Xito mulkida har nav’i gʻaroyib
Ki, mumkin boʻlmagʻay andoq ajoyib.
Sumanbarlar bori zebou nozuk,
Hunarvarlar bagʻoyat chustu chobuk.
Musha’bidlar sirehri bevafoson,
Oʻgʻurlab muhra koʻk tosidin oson.
Chu aylab la’b har nayrangsozi,
Falak har lahza yeb oʻn qatla bozi.
Qilib tunni yorugʻ, kunni qarongʻu,
Suvdin oʻt yondurub, oʻtdin serib suv.
Koʻkartib shu’laliq oʻtdin sirandon,
Osib oʻrgamchi tori birla sandon.
Bulardin dogʻi rurmakru fusunroq,
Hisobi haddu gʻoyatdin fuzunroq,
Yetib har kun oning bazmida hozir,
Alar aylab fusunu makr zohir.
Qilib shahzoda har qaysigʻa ta’miq,
Boʻlub kayfiyati ollinda tahqiq.
Chu hal boʻldi boʻlub bir dam tarabliq,
Boʻlub raf’ ul ajab ishdin ajabliq,
Ne shaklikim ketar ashkoli oning,
gʻaroyib ichra qolmas holi oning.
Bular birla dogʻi shohi jahongir
Chu aylay olmadi bu ishga tadbir.
Boʻlub bechora koʻp qildi taammul,
Yana bir oʻzga ish qildi taxayyul,
Ki, qilgʻay toʻrt oliy qasr bunyod,
Boʻlub har fasl bir qasr ichra Farhod.
Tuzub ul qasrda ishratqa asbob,
Farogʻat birla noʻsh etgay mayi nob.
Yasab har qasrning davrinda bogʻe.
Ki boʻlgʻay har gul andin shabcharogʻe.