Kelib daryonasab, gavharhasabliq,
Ishida necha boqsang bulajabliq.
Qalam bahri kafida turfa ishdur,
Magar daryo aro butgan qamishdur.
Ajab ermas qamish boʻlmoq shakarrez,
Va lekin bu qamish boʻlmish guharrez.
Uchidin ham guhar olamgʻa sochib,
Ichidin ham shakar doʻkoni ochib.
Sarosar goʻyiyo ul nay guhardur,
gʻalat qildim, labolab nayshakardur.
Ogʻizlar ichra lazzat shakkaridin,
Quloqlar ichra ziynat gavharidin.
Qulogʻni bu guhar farsuda qilmay,
Ogʻizni ul shakar oluda qilmay.
Shakar ul nav’ tormay komi idpok,
Guhar bu tavr kelmay ravshanu pok.
Alo, tokim, guhar serob boʻlgʻay,
Shakarning shirasi jullob boʻlgʻay.
Soʻzin tut gavhari koni maoni,
Shakarjallobligʻdin asra oni.
Navoiykim muridu bandasidur,
Ipodat yoʻlida afgandasidur.
Hamul gavhar bila koʻnglin yorutqil,
Hamul shakkar bila komin chuchutqil.
Kalomin ul guhardek ayla rangin,
Hadisin ul shakardek ayla shirin.
Keturgil, soqiy, ul jomi kiromiy
Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy.
Chu riri dayr may qildi havola,
Icharmen gar erur gardun riyola.
[VIII] Bu rarishon ajzoningki, guli otashin avroqidek dahr gulistoni bulbullarini hazordaston bila oʻtluq
faredgʻa soldi — bargidin shu’la va xurdasidin sharora koʻrguzmoqiga bois ne boʻlgʻongʻa
qalam surmak va bu oshufta avroqningki, charxi barin ajzosidek jahon dashti majnunlarini ming
balogʻa daston qilib soʻznok figʻongʻa uchratti — shafaqidin yolin va axtaridin axgar
yorutmogʻigʻa mujib ne erkonni raqam urmoq va oʻzin bulbuli Majnundek gulrux Laylisi
firoqigʻa solib gʻam togʻida Farhod bila hamovoz qilmoq
Musha’bid charx aro har sehrsoze
Ki, bir tugʻrogʻa naqsh etgay tiroze.
Agar ul raykar oʻlsun zisht yo xoʻb,
Va gar makruh boʻlsun, yoʻqsa margʻub
Ki, gar avval anga etmas taammul,
Zamir avroqida qilmas taxayyul,
Shuru’ etmakligi imkon emastur,
Xirad ollinda bu rinhon emastur.
Yana bir buki hech ish hodis oʻlmas
Biravgakim anga bir bois oʻlmas.
Mangakim bu tamanno boʻldi raydo
Ki, shavqi ayladi koʻnglumni shaydo.