Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
81 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yomon ahvolima aylab yaqo chok,  
Oʻzin tufrogʻlargʻa ursa bebok.  
Qoʻshub yigʻlasa bu ovorasini,  
Qayu ovora, bagʻri rorasini.  
Boʻtam deb goh boʻzlab, goh oʻkursa,  
Jafo toshin sinuq koʻksiga ursa,  
Yer uzra tojini urmoqqa qoʻyma,  
Terib taxtini sindurmoqqa qoʻyma.  
Degil mendinki, ey shohi jahongir,  
Torilmas Tengri taqdirigʻa tadbir.  
Mening ishq ermish avvaldin sirishtim,  
Yana gʻurbatda oʻlmak sarnavishtim.  
Ne Haq yozgʻonni koʻrmay chora bormu,  
Davoyi boʻlmayin ovora bormugʻ!  
Bu ishga ollinga hukmi qazo ber,  
Ne ish Haqdin qazo boʻlmish, rizo ber!  
Meni gar umrdin charx etti navmid,  
Jahon mulkida boʻlsun shoh jovid.  
Yiqilsa hujra, boʻlsun qasr obod.  
Qurusa sabza, boʻlsun sarv ozod.  
Anomgʻa bu xabardin tushsa oshub,  
gʻamimdin xora uzra boʻlsa sarkoʻb.  
Jahonga oʻt solib gʻavgʻosi har yon,  
Yetardek boʻlsa vovaylosi har yon.  
Bu vahshigʻa xitob etsa «qoʻzum» deb,  
Bu bekasni sogʻinsa «yolgʻuzum» deb.  
Aningdek boʻlsa shoʻru iztirobi  
Ki, boʻlsa bartaraf burqa’ hijobi.  
Qilibon yod gʻamrarvardasidin,  
Yugursa chiqsa toʻqquz rardasidin.  
Debon «Yey rishtai jonimgʻa rayvand»,  
Uzorin aylasa rarkand-rarkand.  
Sochidin boʻlsa yulmoq birla mahjur  
Ki, Chinda boʻlsa mushk oʻrnida kofur.  
Damimdin dud olib ketgaysen oxir,  
Xaloyiqqa hijob etgaysen oxir.  
Degaysen: «Yey, yuzung ruhum gʻizosi,  
Izing gardi koʻzumning toʻtiyosi.  
Manga bas erdi bu dardi gʻamandud  
Ki, to Tengri vujudum qildi mavjud.  
Bukim sen behad erding orzumand  
Ki, boʻlgʻay munising bir turfa farzand.  
gʻamimdin boʻlmading bir lahza dilxush,  
Hamisha bor eding zoru mushavvash.  
Gar atfol etsa mayli sabzau bogʻ,  
Kichikdin erdi qismim dard ila dogʻ.  
Mening dardimgʻa qolib jismi zoring,  
Mening dogʻimdin oʻrtanmak shioring.  
Tilab yoqut, laxti xora torting,  
Tilab xurshed, otashrora torting.  
Ulugʻ boʻlgʻon soyi bechora boʻldum,  
Diyoru mulkdin ovora boʻldum.  
Manga ovoraligʻ to charx berdi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin