Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
108 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu ma’nilarki xomamdur raqamkash,  
Agar xud kelmayin tab’inggʻa noxush.  
Shak ermasturki, hangomi havoyij,  
Amalgʻa kelturub, torqung natoyij.  
Yetursa naf’i kulliy har bir irshod,  
Mening ruhum duodin qilgʻasen shod.  
Sanga bu rand har dam naf’ bergay,  
Duo qilsang manga ham naf’ bergay.  
Ketur soqiy, mayu koʻnglumni shod et.  
Qadimiy qullugʻum haqqini yod et!  
Ishim chun rand bermaktur rayoray,  
Eshit randu manga tut bir qadah may.  
LIV 
Bu noma itmomigʻa xoma tuzmakdin taronasozligʻ va bu hangoma ixtitomida sa’y 
koʻrguzmakdin fasonarardozligʻ va bashariyat iqtizosi bila hadsiz lof zohir qilmoqdinkim oʻz 
nafyigʻa «Lo»
(1)
durur — uyolmoq va yarimchuq da’vo koʻrguzmakdinkim oʻz man’igʻa 
«da’»
(2)
durur — xijolatqa qolmoq va bedilona ajzgʻa tushmakdin gʻoyatsiz izzat koʻrmoq va 
dilsoʻxtavor faqr koʻrgazmak bila nihoyatsiz farah tormoq, «Alhamdulillohil-lazi vaffaqani min 
iftitohihi ilo ixtitomihi; va sallalohu alayhi va olihi va ashobi kiromihi»
(3)
 
Manga chun fikrati xurshedsoya,  
Bu oliy toram uzra berdi roya  
Ki, gardun qal’asigʻa raxsh surdum,  
Quyoshni gardi markabdin yoshurdum.  
Kumaytim
(4)
 roʻya chun gardungʻa soldi,  
Atorud kilku sanduqi usholdi.  
Aningdek chirmadim Birjisdin
(5)
 toj  
Ki, boshi taylasongʻa
(6)
 boʻldi muhtoj.  
Falakdin yerga sochdim oncha anjum  
Ki, ofoq oʻldi ul anjum aro Kim.  
Qolib anjum aro bu dori shevan,  
Diram ostida ul yangligʻki, maxzan.  
Ne axtar, har biri Birjisu Nohid
(7)
,  
Ne Birjisu qayu Nohidu xurshid.  
Sirehr avji uza chun roya tortim,  
Quyosh jirmi bila olamni yortim.  
Bori olamni tutqoch mehr nuri,  
Yorudi el koʻzi andin zaruri.  
Basorat ahli nekim tuttilar koʻz,  
Nechukkim kom edi, yoruttilar koʻz.  
Vale chun koʻri modarzod yetti,  
Bu beroyon ziyoning nafyin etti.  
Koʻzikim anga kunduz, kecha boʻlgʻay,  
Muayyandur jahonda necha boʻlgʻay
(8)
.  
Quyoshkim soldi olam ichra yogʻdu,  
Yetishti rashshadin anqogʻa tegru.  
Vale yuz muncha gar nur oʻlsa ma’lum,  
Ne ma’lum aylagay xuffosh ila bumgʻ  
Danilargʻa birovkim zarfishondur,  
Yeshak olligʻa toʻkmak za’farondur.  
Ne torqay koʻralak sham’ oʻtidin zavq,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin