9. Batho – Makka atrofidagi togʻ oraligʻida bir dara nomi; maj. Makka koʻzda tutiladi.
V Bu bob an’anaviy «Me’roj» (paygʻambarning koʻkka chiqishiga bagʻishlanadi.
1. Minaz-zulumoti ilan-nur – arabcha: zulmatdan nur bilan ma’nosini bildiradi.
2. Nuran alo nur – arabcha: nur ustiga nur, demakdir.
3. Nohid – q. Zuhra.
4. Atorud – Utorid – Merkuriy sayyorasi. Forscha Dabir ham deyiladi. U yozuvchilarning,
san’atkorlarning, umuman donishmandlikning homiysi hisoblanadi.
5. Mushtariy – Yupiter – forscha Birjis ham deyiladi. Ilmi nujumda Mushtariyni «Sa’di akbar»
(yuksaklikdagi joy) va «Falak qozisi» deb ham yuritilgan joyi, oltinchi falakda emish.
6. Rafraf – qanot qoqib.
7. «Motagʻo»– Muhammad paygʻambar madh qilingan oyatdan bir soʻz.
8. «Mozogʻ» – Muhammad paygʻambarning koʻzi va oʻzi madh qilingan oyatning bosh soʻzi.
9. Qoba qavsayn – ikki yoy oraligʻi, ikki yoy oraligʻicha masofa. Bu yerda shoir ora yaqinligiga
kinoya qiladi.
VI Bu bob sarlavhasida Navoiy ijodkor qalami ta’rifini va oʻz salaflari «Panj ganj» («Besh xazina»)
muallifi Nizomiy va «Xamsa» yaratuvchisi Xusrav Dehlaviylarga oʻz munosabatini bayon qiladi.
1. «Panj ganj» – buyuk ozarbayjon shoiri Nnzomiy Ganjaviy (1141–1203)ning 5 dostondan
iborat turkumi koʻzda tutiladi. Nnzomiyning oʻzi 5 dostonini «Xamsa» deb atamagan, undan
keyin bu sohada qalam tebratgan shoirlar, jumladan, Xusrav Dehlaviy uni birinchi «Xamsa»
muallifi deb ataganlar.
2. Bayyazallohu taolo avroqa jaroyimiho – arabcha: Olloh taolo uning gunohlari (bitilgan)
varaqlarni oqlasin (ya’ni, uning gunohlarndan oʻtsin) demakdir.
3. Bu yerda shoir qalamni ta’riflab, uning tez yurarligi va qora iz qoldirishini uchqur qora otga
oʻxshatadi.
4. Baytning mazmuni: chopganida quyrugʻini bayroq kabi koʻtaradi. Uning boshdan oyogʻi
qulogʻidek tilingandir. Bu oʻrinda shoir qamish qalamning xat yozish jarayonidagi holatini
tasvirlamoqda. Ayni choqda, «qalam» soʻzining lugʻaviy ma’nosi (kesilgan, kesik)dan kinoya
ishlatib soʻz oʻyinidan foydalanadi.
5. Bu baytda qora siyohda bitilgan harflar qimmatbaho qora munchoq toshga oʻxshatiladi.
6. Javf – lugʻ. ma’nosi qorin, boʻshliq. Bu yerda qamish qalamning ichidagi boʻsh kovak koʻzda