Bu foniy dayrdin boʻlgʻach xiromim,
Kelib begonaye tutqay maqomim.
Ayoq qoʻygʻay firoshu bistarimgʻa,
Ilik sungʻay sirohu kishvarimgʻa.
Shabistonim aro orom qilgʻay,
Zamona subhi irzim shom qilgʻay.
Manga yigʻmoqta yetgay mehnatu ranj,
Anga serargʻa qolgʻay maxzanu ganj.
Aodi ta’nu afsusinmu aytay,
Eranlik nangu nomusinmu aytay.
Oʻgʻulsizligʻdin oʻldi bu shikanjim
Ki Haq daf’ aylagay bu dardu ranjim.
Bu qattigʻ vartada ilgimni tutqay,
Koʻzumni bir xalaf birla yorutqay».
Bu erdi muttasil guftu shunidi,
Xudoyidin oʻgʻul erdi umidi.
Boʻlub koʻz yoshidin haryon guharrosh,
Guhardek koʻzga istab oʻzga bir yosh.
Bu maqsudi uchun sochib diramlar,
Qilib koʻp nazrlar, aylab karamlar.
Oʻgʻulsizlarni ham aylab navoliq,
Atosizlargʻa ham aylab atoliq.
Bulardin barcha komu muddaosi
Bukim, boʻlgʻay bir oʻgʻulning atosi.
Boʻlub gʻofilki, nekim kilki taqdir
Raqam chekti, emas imkoni tagʻyir.
Kishi har muddaodakim koʻrar sud,
Yaqin ermas ani tormogʻda behbud.
Baso gavharki rangi ahmar erdi.
Koʻrundi la’lu, tutqach axgar erdi.
Koʻp asfar lavn soz etti zamona,
Koʻrundi zarvaraq, erdi zabona.
Kishi komida sud ermas chu ma’lum,
Rizo avlo durur boʻlgʻongʻa maqsum.
Chu Xoqonning bu erdi muddaosi,
Ijobat qurbini topib duosi.
Shabistonida tugʻdi bir yangi oy,
Yangi oy yoʻqki, mehri olamoroy.
Ochildi bogʻida bir otashin vard,
Demaykim, vard, balkim shu’lai dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine,
Nigin oʻrnida la’li otashine
(6)
.
Yuzinda ishq asrori yozilgʻon,
Ichinda dard ta’vizi qozilgʻon.
Niginu la’l yoʻq, durri shabafroʻz,
Dema dur, gavhare – lekin jahonsoʻz.
Eshilgan rishtasi tobi vafodin,
TEshilgan bagʻri hakkoki qazodin.
Koʻzida ashk selidin asarlar,
Damida oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo,
Jamolida vafo tugʻrosi raydo.